Jahon | 14:11 / 30.01.2017
4463
2 daqiqa o‘qiladi

Duterte politsiyani tozalash maqsadida giyohvandlikka qarshi kurashni to‘xtatdi

foto: AFP

Filippin prezidenti Rodrigo Dutertening bayonot berishicha, giyohvand moddalar sotuvchilari va bangilarga qarshi kurashni to‘xtatadi. Buning o‘rniga u politsiya safini korrupsiyadan tozalashga kirishadi. "Siz politsiyachilar, eng poraxo‘rsizlar. Siz asosingizgacha korrupsiyaga cho‘mgansiz. Bu sizning tizim", - deya Dutertedan iqtibos keltiradi Frans press agentligi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilarning 40 foizga yaqini noqonuniy faoliyatga aloqador. 

Duterte politsiyani "tozalaganidan" so‘ng, giyohvand moddalarga qarshi kurashga qaytishini bildirgan. Va bu kurash Dutertening prezidentlik vakolatlari yakunlanadigan 2022 yilgacha davom etadi.
 
Dutertening bayonoti janubiy koreyalik tadbirkor Chi Ik Chuning o‘g‘irlanishi va o‘ldirilishi haqidagi xabardan so‘ng yangragan. Rasmiy Seulga ko‘ra, tadbirkor filippinlik politsiyachilar tomonidan o‘ldirilgan. 

Filippin milliy politsiyasi rahbari Ronald dela Rosa, o‘z navbatida, mamlakat narkopolitsiyasi tarqatib yuborilishini ma'lum qildi. 

Duterte 7 oydan buyon respublikani boshqarmoqda. Uning hokimiyatga kelishi bilan Filippinda giyohvandlikka qarshi keng qamrovli kurash boshlandi. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, shu paytga qadar 2,5 mingdan ortiq jinoyatchilar (giyohvand moddalar sotish yoki iste'mol qilishda gumon qilinganlar) maxsus politsiya amaliyotlari chog‘ida sudsiz o‘ldirilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid