Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qoramol o‘g‘rilari ushlandi
Buxoro viloyatida qoramol o‘g‘rilari jazoga tortildi. “Postda” gazetasining yozishicha, Olot tumanida yashovchi muqaddam sudlangan shaxs o‘zining eski hamtovog‘i bilan o‘g‘irlik qilib, pul topishni maqsad qiladi.
Ular avvaliga aslida bozordagi bahosi ikki yarim million so‘m bo‘lgan sigirni o‘g‘irlab, bir million yuz ming so‘mga sotib yuborishadi. Shundan so‘ng “Guliston” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi jinoyatni sodir etishadi. Ular fuqaro M.Xo‘janiyozovning molxonasidagi qoramollardan birini – bozordagi narxi uch million besh yuz ming so‘m bo‘lgan ho‘kizni “gum” qilishdi va yana arzon-garovga pullab yuborishadi.
Ular ikki kundan so‘ng yana “Guliston” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida yarim tunda paydo bo‘lishadi. Ammo bu gal qishloqqa kiraverishda tuman IIB tomonidan tashkil etilgan tunggi guruhga ro‘baru kelishdi.
Qing‘ir ishning oxiri voy bo‘ladi. Ilgari ham sudlangan bu kimsalar bundan tegishli xulosa chiqarmasdan, birovlarning mulkiga yana ko‘z olaytirganliklari uchun qonun oldida javob berishdi.
Mavzuga oid
18:31 / 02.04.2026
Kogonda elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi
16:30 / 30.03.2026
Jizzaxda simyog‘och qulashi oqibatida uch qoramol nobud bo‘ldi
20:25 / 29.03.2026
Buxoroda “Nasriddin Afandi” hamda “Sharq taomlari” an’anaviy festivali o‘tkaziladi
15:27 / 27.03.2026