Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya chempionatida mojaro: Ayollarga ularning joyi qayerda ekanini ko‘rsatib qo‘yishdi
Fransiyaning «Lill» jamoasi keyingi uchrashuviga ayollarni tekinga kiritadi. Jamoa o‘tgan turda «Lion»ga qarshi o‘yin vaqtida muxlislar ko‘targan tahqiromuz banner tufayli kelib chiqqan mojaro fonida shunday qarorga kelgan. O‘shanda mehmon jamoa muxlislari quyidagi yozuvlar tushirilgan bannerni ko‘targandi: «Erkaklar — stadionga, ayollar — oshxonaga».

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda bu hodisa muhokama qilina boshlandi.
Izoh so‘rab yozilgan tvitlardan biriga «Lion» prezidenti Jan-Mishel Ola javob yozadi va bu bannerni ko‘targan muxlis jazolanishiga va'da beradi.
31 yanvar kuni esa «Lill» jamoasi tvitterida ayol muxlislar jamoaning keyingi turda, 4 fevral kuni «Loryan»ga qarshi uchrashuviga tekinga kiritilishi haqidagi e'lon berildi.

Mavzuga oid
09:29 / 27.05.2024
Lion metrosida odamlarga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi
13:33 / 16.12.2022
Lion yaqinidagi yong‘inda kamida 10 kishi halok bo‘ldi
03:03 / 17.03.2022
«Vilyarreal» 3ta gol urib «Yuventus»ni YeChLdan chiqarib yubordi, «Chelsi» javob bahsida ham g‘alaba qozondi
16:52 / 03.11.2021