Mehmonxonadan san'at asarini o‘g‘irlagan tailandlik amaldor iste'foga chiqdi

Foto Citizen Kane
Tailand Savdo vazirligi rahbari o‘rinbosari 60 yoshli Supxat Sakvandikul Kioto mehmonxonasi (Yaponiya) kameralari uning qimmatbaho san'at asarini o‘g‘irlaganini qayd etganidan keyin iste'foga chiqish uchun ariza topshirdi. Iste'foga chiqqan amaldor o‘g‘irlikni sarhush holatda sodir etganini tan oldi. The Star shu haqida xabar berdi.
Yaponiyadagi mehmonxona xodimlari taxminiy qiymati 125 dollarga baholangan rasmning yo‘qolgani haqida 2017 yilning yanvarida ma'lum qilgan edi. Politsiya kuzatuv kameralarini tekshirdi va Sakvandikulning jinoyat sodir etganini aniqladi. U Yaponiyaga Tailand hukumati topshirig‘i bilan borgandi. Amaldor qo‘lga olindi va o‘g‘irlikda ayblandi. U o‘z aybiga iqror bo‘ldi va yetkazilgan zarar uchun mehmonxonaga kompensatsiya to‘ladi.
"Yaponiyadagi ishlarimni tugallaganidan keyin universitetdagi do‘stlarim bilan uchrashdim. Biz sarhush holatda edik, men o‘zim anglamagan holatda nomaqbul harakatni amalga oshirdim. Bundan juda pushaymonman", - dedi Supxat Sakvandikul.
Savdo vazirligi vakillari sud ishi davomida Sakvandikulni idoradagi boshqa lavozimga o‘tkazishlari haqida ma'lum qilishdi. Bunday bayonot mamlakat aholisi orasida katta muhokamaga sabab bo‘ldi - ular hukumatni aybdor amaldorlarni ishdan bo‘shatmaslikda ayblashdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

18:20 / 31.03.2025
Myanmadagi zilzila: tirik qolganlar xarobalar ostidan chiqarib olinmoqda, ammo yuzlab kishilar bedarak ketgan

15:51 / 30.03.2025
Myanma va Tailanddagi kuchli zilzila oqibatlari - fotosuratlar

15:12 / 30.03.2025
Tailandga ishlash uchun borib, og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

19:42 / 29.03.2025