Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 40 mln so‘m pul va 6 mln so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘margan yigitlar qo‘lga olindi
O‘tgan yilning fevral oyi o‘rtalarida Toshkent viloyati Pskent tumanida yirik o‘g‘irlik sodir etildi, deb yozadi “Na postu” gazetasi.
Ma'lumotda keltirilishicha, ushbu tumanda yashovchi tadbirkor Muhiddin Abrorovning (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) uyiga o‘g‘irlikka tushgan shaxslar u yerdan 40 million so‘mdan ortiq pul mablag‘lari va qiymati olti million so‘mdan ortiq bo‘lgan zargarlik buyumlari o‘marishgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, Abrorov qizining do‘sti Turg‘un B. so‘nggi paytlarda qimmatbaho telefon sotib olib, yurish-turishi o‘zgarib qolgani aniqlandi.
Gazetaning yozishicha, yosh yigit o‘zining uch nafar hamtovog‘i bilan Muhiddin Abrorov Toshkent shahriga mehmonga ketgan paytda uyga o‘g‘irlikka tushadi. O‘marilgan pul va tilla taqinchoqlar esa orada bo‘lishib olingan.
Aytilishicha, qo‘lga olinganlar yetkazilgan zararni qisman qoplab berishgan.
Mavzuga oid
20:43 / 03.02.2026
“Ona, meni o‘ldirishdi” – tushda fosh bo‘lgan jinoyat
12:28 / 24.01.2026
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
16:17 / 26.10.2025