Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga amerikalik ishbilarmonlar delegatsiyasi tashrif buyurdi
2017 yilning 30 yanvaridan 2 fevraliga qadar Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi prezidenti Stiven Naderni rahbarligidagi AQSh ishbilarmon doiralari delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rasmiy sayti xabar berdi.
Tashrif doirasida 1 fevral kuni Xalqaro biznes markazida AQSh ma'muriyati yuqori mansabli a'zolari, Amerikaning yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralari, shuningdek, O‘zbekiston hukumati, vazirlik va idoralari, yirik kompaniyalari, xalqaro moliya institutlari va diplomatik korpus vakillari ishtirokida Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining biznes-forumini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
31 yanvar kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida AQSh ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi kichik va xususiy biznes vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari, shuningdek, O‘zbekistondagi investitsiya muhiti imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026
Saida Mirziyoyeva Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida ishtirok etdi
10:11 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
22:00 / 20.04.2026