Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqandda ötayotgan Global ekologik jamğarma Assambleyasi doirasida 5 iyun kuni BMT Boş kotibi örinbosari – UNEP ijroçi direktori Inger Andersen hamda Global ekologik jamğarma boş ijroçi direktori Klod Gaskon bilan uçraşdi.

«Muloqot çoğida mintaqamiz uçun ğoyat muhim bölgan masalalar: çöllaniş va yerlar degradatsiyasiga qarşi kuraşiş, havo sifati monitoringi, biologik xilma-xillikni asraş hamda resurslardan oqilona foydalaniş mavzularini muhokama qildik.

UNEP va GEF rahbariyatiga mamlakatimizdagi «yaşil» islohotlarni qöllab-quvvatlayotgani hamda amaliy ekologik yeçimlarni ilgari surişga qöşayotgan hissalari uçun çuqur minnatdorlik bildirib, jamğarmaning Samarqanddagi tarixiy Assambleyasi muvaffaqiyatli ötgani munosabati bilan tabriklayman», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.