Uch yarim yashar qizcha voqeasi: samarqandlik shifokor o‘z bemoridan xabar oldi
Shu yilning 27 yanvar kuni saytimiz orqali “Shahrisabzlik va samarqandlik shifokorlar o‘layotgan uch yarim yashar qizchaning hayotini saqlab qolishdi”, deb nomlangan tahliliy maqola e'lon qilingan edi. Unda o‘pka yo‘liga sho‘rdanak po‘stlog‘i o‘tib ketgan qizchaning og‘ir ahvoli va hatto o‘lim yoqasiga borib qolgani, shahrisabzlik va samarqandlik shifokorlarning jonkuyarliklari hamda malakalari natijasida qizchaning hayoti saqlab qolingani hikoya qilinadi.
Maqolada Samarqand viloyatidagi ko‘p tarmoqli shifoxonada ishlovchi shifokor Namozov Fazliddin Sharofiddinovich qizcha shu holatga kelishidan bir oy muqaddam unga nafas olish yo‘lidagi allergiya tashxisi qo‘ygani, biroq bu tashxis noto‘g‘ri bo‘lib chiqqani haqida so‘z boradi.
Bugun tahririyatimizga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlardan birida ana shu qizchaning bobosi biz bilan bog‘landi. Uning aytishicha, yuqorida nomi zikr qilingan shifokor Samarqanddan Shahrisabzga kelib, shaxsan o‘zi qizchaning ahvolini ko‘rgan, zarur ko‘rsatmalar bergan va uning onasidan uzr so‘ragan.
“Bu tashrifdan nihoyatda xursand bo‘ldik. Ushbu shifokorning minglab bolalarga, minglab onalarga yordami tekkan, shuni bilganimiz uchun uning huzuriga qizimni yuborgan edim. Ammo nevaramning sog‘lig‘idagi boshlang‘ich holat allergiya nishonasini berganmi, u kishi shunday tashxis qo‘yganlar shekilli. Qolaversa, o‘pka yo‘liga o‘tgan kichik narsalar rentgen qog‘ozida ham ko‘rinmas ekan”.
U kishining aytishicha, ayni damda nevaralarining sog‘lig‘i yaxshi. Borgan sari kuchga to‘lib, salomatligi oldingi holatiga qaytmoqda.
Mavzuga oid
11:44 / 27.12.2024
Toshkent - Samarqand yo‘nalishida yangi temiryo‘lning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash boshlandi
15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
07:35 / 26.12.2024
Beshta hududda 16 kg giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi
09:09 / 20.12.2024