Sport | 18:04 / 01.02.2017
17422
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga yangi rais saylandi

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi jismoniy imkoniyatlari cheklangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ular orasida paralimpiya harakatini rivojlantirish orqali imkoniyati cheklanganlarning jamiyatga faol integratsiyalashuvini ta'minlash, hayotga qiziqishini oshirish, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida insonparvarlik faoliyatini amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2013 yil 25 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da bo‘lib o‘tadigan XXXI  yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash» qarori bunda muhim omil bo‘lgan. Buning samarasida paralimpiya sportchilarimiz xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda, Paralimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqdalar.

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi joriy yilning 1 fevral kuni soat 16:00da O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasining majlislar zalida Bosh Assambleyasining navbatdagi hisobot-saylovini o‘tkazdi. Bunda 2013-2016 yillar davomida Assotsiatsiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi hamda Assotsiatsiya rahbariyati va Ijroiya qo‘mitasi tarkibi saylandi. 

Saylov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi raisi etib Ulug‘bek Sunnatov, uning birinchi o‘rinbosari etib Umid Ahmadjonov saylandi. Assotsiatsiya raisi o‘rinbosarlari vazifasini, shuningdek, Bahodir Ahmedov, Asatilla Salimov va Muxtorxon Toshxo‘jayev bajaradi.

Mavzuga oid