15 dekabr kuni yöllangan tabrikda prezident sportçilar, ustoz-murabbiylar va ota-onalarni V Yoşlar Paraosiyo öyinlaridagi ulkan tarixiy yutuq bilan muborakbod etdi.

Qayd etilişiça, Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida 35 davlatdan kelgan 1 ming 500 nafardan ziyod sportçilar iştirokida ötgan musobaqalarda özbekistonlik yoşlar jasorat va matonat körsatgan. Prezident tabrigida ularning bu ğalabasi Özbekiston paralimpiya harakati tarixida yana bir yorqin sahifa oçgani ta’kidlandi.

Davlat rahbariga köra, Özbekiston jamoasi mazkur nufuzli sport anjumanida 99 ta oltin, 57 ta kumuş va 41 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida Osiyo qit’asida 1-örinni egallagan. Şuningdek, turnir davomida Özbekiston madhiyasi qariyb 100 marta yangragani qayd etildi.

Tabrikda para pauerlifting böyiça bir qator sportçilar jahon va Osiyo rekordlarini örnatgani, para yengil atletikada esa ayrim dasturlarda barça medallar jamlanmasi Özbekiston hisobiga tuşgani alohida ta’kidlandi.

Prezident, şuningdek, mamlakatda paralimpiya harakatini rivojlantiriş böyiça maxsus qaror qabul qilingani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, “Matonat maktabi” va mutaxassislar tayyorlaş instituti faoliyati yölga qöyilganini eslatdi. Qayd etilişiça, adaptiv sport turlari yönalişlari 89 taga yetkazilgan, mahallalarda mazkur sport turlari bilan doimiy şuğullanuvçilar soni 45 mingdan oşgan.

Yakunda davlat rahbari yoş parasportçilarga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatlarida ulkan omad va yangi zafarlar tiladi.