O‘zbekiston | 19:10 / 01.02.2017
10601
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Jastin Tryudoga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga Kvebek shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lganligi munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etilgan maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston rahbari qurbon bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohat olganlarga hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazib qo‘yishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, Kanadaning Kvebek shahridagi islom madaniy markazi masjidida otishma ro‘y berib, hujum natijasida kamida olti kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan edi.

Mavzuga oid