Trampning Kanada tovarlari uçun va’da qilgan savdo bojlari 4 martdan e’tiboran qisman joriy qilindi. Prezidentga köra, 2 aprel sanasidan boşlab ham Kanada, ham Meksika uçun boj töliq yozila boşlanadi. Kanada boş vaziri Jastin Tryudo esa buni “uruş” deya atadi va “AQŞ bizda uruş oçdi” deb murojaat yölladi. Kun.uz suhbatlaşgan Kanada Konservativ partiyasi a’zosi Obidxon Mamadaliyev fikriga köra Ottava jim qarab turmaydi.
Donald Tramp ikkinçi marta prezidentlik kursisini egallarkan, özining “eski qöşiği”ni kuylay boşladi, ya’ni yana asosiy savdo hamkorlari uçun savdo bojlarini belgiladi. Fevral boşidan joriy qilinişi kutilgan bu bojlar Kanada va Meksika uçun keçiktirildi, Xitoyga esa yozila boşlandi. Biroq 4 martdan e’tiboran Kanadadan importning yarmi uçun 25 foizlik yiğim rasman joriy etilarkan, Tramp şu yilning 2 aprelidan boşlab töliq mahsulotlar uçun boj olişini e’lon qildi. Prezident şu kuni kongressga murojaat yöllarkan, buni yana bir bor tasdiqladi.
Kanada boş vaziri Jastin Tryudo esa bunga munosabat bildirarkan, özining ğazabini yaşirmadi.
“AQŞ bizga savdo uruşini e’lon qildi, biz Amerika xalqiga duşman emasmiz. Amerikaliklar bizning döstlarimiz, hamkorlarimiz, qöşnilarimiz, biz ulardan darğazab emasmiz. Biz Amerika hukumatidan ğazabdamiz, endi dam oliş uçun Floridaga bormaymiz, ularning mahsulotlaridan ham olmaymiz. Hozirça 30 mlrd dollarlik tovarlarga javob bojini joriy qilamiz, 21 kun içida esa töliq Amerikadan importga 25 foiz miqdorida yiğim yozilişi ta’minlanadi”, - dedi Kanada boş vaziri.
Kun.uz suhbatlaşgan Kanada Konservativ partiyasi a’zosi Obidxon Mamadaliyev fikriça, ikki davlatning bugungaça biror muammosi yoki kelişolmagan masalasi yöq edi.
Tramp siyosatçi emas, tadbirkor bölgani bois ham siyosatdagi qimorbozligini heç qanaqasiga tuşunib bölmaydi. Bu bir kişining injiqligi xolos”, - deydi yurtdoşimiz.
Hozirça Kanada 30 mlrd dollarlik tovarlar uçun boj joriy qilarkan, keyingi qadamlar şu kunlarda jiddiy muhokamada. Parallel ravişda Jastin Tryudo lavozimini topşirişga tayyorgarlik körmoqda va yaqinda saylov sanasi belgilanadi. Davlat iqtisodiyoti uçun muhim provinsiya – Ontarioda ötkazilgan mahalliy saylovlarda Konservativ partiya 80 foiz ovoz bilan işonçli ğalabaga erişgan. Kanadada ham liberallar davri yakuniga yetayotganga öxşaydi. Yakşanba, 9 mart kuni Liberallar partiyasi öziga yangi lider saylaydi va saylov kuni ham belgilanişi kutilmoqda.
“Ayni vaqtda Kanada hukumati kuçli emas, çunki Tryudo ketişni rejalayapti. Saylov sanasi esa liberallar öziga yangi lider saylaganidan keyin belgilanadi. Demak, yangi hukumat qaçon şakllansagina Tramp administratsiyasi bilan bu masalada jiddiy gaplaşadi. Hali Kanada parlamenti yil budjetini ham tasdiqlamagan. Oldimizda Rossiya-Ukraina uruşi, boj va köplab masalalar yiğilib ketdi. Lekin xalq bunga bardoş bera oladi, şuni kutyapmiz”, - deydi Obidxon Mamadaliyev.















