AQŞ prezidenti Donald Tramp va Kanada boş vaziri Jastin Tryudo import bojlari joriy etilganining ertasi kuni telefon orqali 50 daqiqa muloqot qildi. Boş vazir ofisi suhbatni «konstruktiv» deb atadi. CNN’ga köra tomonlar «savdo murosasi» tafsilotlarini kelişib olgan.

Amerika prezidentining ma’lum qilişiça, muzokaralar «qaysidir darajada döstona» ötgan. «Men unga köplab odamlar Kanada va Meksika çegaralari orqali ötayotgan fentanildan ölganini va heç narsa meni bu töxtatilganiga işontira olmaganini aytdim. U vaziyat yaxşilanganini bildirdi, ammo men şunday dedim: «Bu yetarli emas», — deb yozadi Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğiga.

4 mart kuni AQŞning Kanada tovarlari importiga 25 foizli bojlari kuçga kirdi. Bunga javoban Ottava Amerika tovarlariga ham şu kabi bojlarni joriy etdi. Şundan söng Donald Tramp Kanada mahsulotlari uçun bojlarni ikki barobarga oşirişni va’da qildi, Jastin Tryudo esa Amerika prezidentini savdo uruşini boşlaşda aybladi.

Keyinroq AQŞ savdo vaziri Govard Latnik bojla masalasida Kanada bilan kelişuvga erişiş mumkinligini ma’lum qildi. Xususan, uşbu çoralar yumşatilişi mumkin (masalan, avtomobil sanoati mahsulotlariga nisbatan). CNN ma’lumotlariga köra, Kanada çegara xavfsizligini kuçaytirişi kerak böladi. 

Şuningdek, Meksika tovarlariga nisbatan ham 25 foizli, Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga esa 10 foizli boj joriy etilgan. Tramp özining mazkur qarorini «Meksika, Kanada va Xitoyni noqonuniy immigratsiya hamda zaharli fentanil va boşqa giyohvand moddalarning AQŞga kirib kelişini töxtatiş borasidagi va’dasini bajarişga majburlaş» deya izohlagan.

Amerika bojlari kuçga kirganidan keyin Xitoy ham bunga javob çoralari qöllanişini e’lon qildi. Meksika prezidenti Kludiya Şeynbaum AQŞga javob qaytarişga va’da berib, köriladigan çoralar böyiça 9 mart kuni batafsil çiqiş qilişini aytdi.