Jahon | 11:35 / 01.02.2017
10795
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh savdo sheriklarini tanqid qilgach, dollar qiymati o‘sa boshladi

Dollarning asosiy valyuta-raqobatchilariga nisbatan qiymati chorshanba kuni yaxshi kelishuvlarni qidirish fonida oshdi. Bu holat AQSh yigirma yillik “kuchli dollar” siyosatiga barham bermoqchiligi borasidagi gap-so‘zlarning ortishi tufayli Amerika valyutasi yetti haftalik minimumga qadar tushganidan so‘ng ro‘y berdi. 

Dollar Toshkent vaqti bilan 10.53da iyenaga nisbatan 0,4 foizga o‘sib, 113,260 iyenani tashkil etdi.

AQSh valyutasi seshanba kuni prezident Donald Tramp va uning savdo masalalari bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro Germaniya, Yaponiya va Xitoyni tanqid qilishib, savdo sheriklari o‘z valyutalari qiymatini AQSh zarariga nisbatan pasaytirishayotgani haqida aytib o‘tishdi.

"Boshqa barcha mamlakatlar pasaytirish bilan hayot kechirishadi, - dedi Tramp. – Xitoy nima qilayotgani, Yaponiya yillar davomida nimalar qilganini ko‘rishingiz mumkin. Ular valyuta bozori bilan, bozor qiymatini pasaytirish bilan o‘ynashmoqda, biz esa xuddi tentaklar jamoasidek o‘tiribmiz", - dedi Tramp.

Yevro esa 0,08 foizga pasayib, 1,0787 AQSh dollarini tashkil qildi. Yevropa yagona valyutasi qiymati seshanba kuni Navarro Financial Times’ga Germaniya “favqulodda o‘z asl qiymatiga ega bo‘lmagan” yevroni AQSh va YeI bo‘yicha sheriklariga zarar tariqasida ishlayotganini aytgach, ko‘tarildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid