Iqtisodiyot | 15:29 / 02.02.2017
5276
3 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda respublika maqsadli kitob jamg‘armasi daromadi qanchani tashkil etdi? 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining 2016 yil daromad va xarajatlari ijrosi bo‘yicha ma'lumot O‘zbekiston Moliya vazirligi saytida taqdim etildi.

Unga ko‘ra, 2016 yilda jami daromadlar 168 123,3 mln so‘m, yil boshiga mablag‘larning qoldig‘i 100 945,8 mln so‘mni tashkil qildi. Jumladan, respublika byudjyetidan tushadigan tushumlar 19 206,0 mln so‘m, darsliklar ijarasi uchun to‘lov tushumlari 33 828,6 mln so‘m, boshqa tushumlar va daromadlar 14 142,9 mln so‘mga teng bo‘ldi.

Jami xarajatlar 53 234,7  mln so‘mni tashkil etdi. Unga ko‘ra, darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni byudjyet mablag‘lari hisobidan sotib olish va yetkazish xarajatlari 19 206,0 mln so‘m, jumladan: birinchi sinf o‘quvchilarini darsliklar bilan bepul ta'minlash xarajatlari 9 426,9, mehribonlik uylari, maxsus maktab va maktab-internatlar tarbiyalanuvchilari va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarini darsliklar bilan bepul ta'minlash xarajatlari 5 859,8 hamda umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini darsliklar, badiiy adabiyotlar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan bepul ta'minlash bo‘yicha boshqa xarajatlar 3 919,3 mln so‘mni tashkil qildi.

Darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni Jamg‘armaning aylanma mablag‘lari hisobidan sotib olish va yetkazish xarajatlari esa 32 781,0 mln, jumladan: umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini 2-9 sinf darsliklar bilan ta'minlash xarajatlari 22 286,6, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarini chet tillar bo‘yicha darsliklar, daftarlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarva hamda ularning multimediya ilovasi bilan ta'minlash xarajatlari 9 500,0 mln va umumta'lim maktablar kutubxona fondini lotin grafikasi asosidagi badiiy adabiyotlar bilan boyitish xarajatlari 994,4 mln so‘mga teng bo‘ldi.

Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi Ijroiya direksiyasi va uning hududiy vakillarini saqlash xarajatlari 1 247,7 mln, yil oxiridagi mablag‘larning qoldig‘i esa 114 888,6 mln so‘mni tashkil qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid