Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yil boshi dollar uchun so‘nggi 30 yildagi eng omadsiz davr bo‘ldi
Yanvar oyi AQSh dollari uchun so‘nggi 30 yildagi eng omadsiz davr bo‘ldi: dollar bu vaqt ichida asosiy valyutalar orasida 2,6 foizini yo‘qotdi. Bu hukumat tepasiga kelgan Donald Trampning nisbatan protektsion siyosatidan xavfsirash bilan izohlanmoqda. InsiderPro shu haqida maqola taqdim etdi.
Seshanba kuni Trampning savdo masalalari bo‘yicha maslahatchisi Piter Navarro yevro "yetarlicha qadrlanmagan" deganidan keyin xavf keskin kuchaydi. Shundan so‘ng yevro dekabr oyidan buyon birinchi marta 1,08 dollar ko‘rsatkichidan oshdi, dollar indeksi esa deyarli 1 foizga - yetti hafta minimumiga pasaydi.
Trampning o‘zi bu borada shunday dedi:
"Boshqa barcha mamlakatlar devalvatsiyada yashaydi. Xitoy nima qilayotganini ko‘ring, Yaponiya yillab nimalar qilayotganini ko‘ring - ular valyuta bozorida, bozor devalvatsiyasida "o‘yin qilishadi", biz esa ahmoqlar to‘dasi kabi qo‘l qovushtirib o‘tiramiz".
"Hozircha u belgilangan aniq siyosatini yuritmoqda, biroq prezident tomonidan hech kim kutmagan qarorlar qabul qilinishi borasida xavotirlar yuzaga kelishi mumkin. Shuning uchun muayyan qo‘rquv mavjud", - dedi Commerzbank'dan Ester Rayxelt.
Prezident tomonidan va'da berilgan moliyaviy imtiyozlar atrofidagi noaniqlik - yil boshidan beri dollarga bosim o‘tkazayotgan yana bir omil.
9:38ga qadar dollar indeksi 99,46 ko‘rsatkichini qayd etgan, yevro esa 1,0792 dollar darajasidan biroz pastroq narxda keskin o‘zgarishlarsiz savdo qilinayotgandi.
Mavzuga oid
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026