23:23 / 02.02.2017
6595

Apple kapitalizatsiyasi bir kunda 40 milliard dollarga ko‘tarildi

Foto: Getty Images

Apple'ning ijobiy moliyaviy natijalari tufayli so‘nggi chorakda kompaniya aksiyalari 18 oy maksimumiga yetdi, uning kapitalizatsiyasi esa bir kunda 40 milliard dollarga ko‘tarildi. InsiderPro shu haqida xabar berdi

Chorshanba kuni Amerika bozorining yopilishiga qadar Apple aksiyalari 6 foizga oshib, 128,79 dollarga qimmatlashdi - bu 2015 yilning 21 iyulidan buyon maksimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Kompaniya kapitalizatsiyasi 676 milliard dollarni tashkil qildi. 

Kompaniya qiymatining atigi bir kunlik o‘sishi Tesla'ning butun  kapitalizatsiyasiga teng (u chorshanba kuni bozor yopilishiga qadar 40,36 milliard dollarni tashkil qilgan).

Aktsiyalar seshanba kuni kechqurun kompaniyaning moliyaviy natijalari haqida e'lon qilingandan so‘ng ko‘tarilib ketdi. Apple kompaniyasining 2017 moliyaviy yil I choragi bo‘yicha daromadi 3,3 foizga o‘sgan va prognozlardan oshib, 78,35 milliardni tashkil qilgan. Aktsiya daromadi 3,36 dollarni tashkil qildi, bu tahlilchilar prognozidan 0,14 dollarga ko‘p. Bir necha chorakdan buyon birinchi marta iPhone sotuvlari ham oshdi. 

Kompaniya rahbari Tim Kukning ta'kidlashicha, iPhone va  Apple Watch'ning chorak sotuvlari tarixiy maksimumga yetgan. MacBook sotuvlari ham muvaffaqiyatli kechgan, talab kamaygan yagona mahsulot - iPad bo‘lib qolmoqda. 

UBS tahlilchisi Stiven Milunovich yangi modelga o‘tishi mumkin bo‘lgan xaridorlar soni oshdi deb hisoblaydi va bu uning iPhone 8 xit bo‘lishi borasidagi ishonchini yanada mustahkamlaydi. 

Top