Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippindagi zavodlardan birida yuz bergan yong‘in oqibatida 100dan ortiq inson jabrlandi
Foto: AP
Filippin poytaxti Maniladan janubda joylashgan yirik zavodda yong‘in yuz berishi oqibatida yuzdan ortiq ishchi jabrlangan, yana 3 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. Bu haqda Associated Press xabar qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in House Technology Industries kompaniyasi zavodining 3 qavatli binosida ro‘y bergan. O‘t o‘chiruvchilar 18 soatdan so‘ng, vaziyatni nazoratiga olishgan. Shunga qaramay, bu vaqtga kelib yong‘in to‘liq bartaraf etilmagan.
Kavite viloyati ma'muriyati vakili Xesus Krispin Remullning aytishicha, zavod xodimlari o‘t balosidan qutilish uchun derazalardan sakrashgan. Hodisa oqibatida 3 nafar yaponiyalik jarohat olgan, juda og‘ir ahvoldagi 10 kishiga shifoxonada tibbiy muolaja ko‘rsatilmoqda. Umuman, fojia vaqtida zavodda 5 mingga yaqin kishi bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:57 / 17.05.2026
Jizzaxdagi savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘ldi
15:24 / 17.05.2026
Piskentda yuk mashina tirkamasi yonib ketdi
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
13:45 / 17.04.2026