Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Melanya Tramp 12 kundan buyon omma qarshisida ko‘rinish bermadi
AQShning yangi prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimi va uning Oq uyga kelganidan buyon uning rafiqasi Melanya omma oldida ko‘rinish bermadi.
CNN xabarida 12 kundan buyon amerikaliklar birinchi xonim haqida hech narsa eshitishmagani yozilgan. Trampning Delaverga halok bo‘lgan zobitning dafn marosimiga tashrifi vaqtida unga qizi Ivanka hamrohlik qilgan. Telekanalda esa bu Vashingtonda aslida kim birinchi xonim vazifasini bajarishini ko‘rsatgani qayd etilgan.
Xabar qilinishicha, Melanya xonimni oxirgi marta omma oldida 21 yanvar kuni Vashingtondagi Milliy Sobordagi ibodat vaqtida ko‘rishgan. Keyingi kunda birinchi xonim o‘g‘li Berron bilan birga Nyu-Yorkka qaytgan.
Bundan oldingi xabarlarda Melanya Tramp va o‘g‘li Oq uyga ko‘chib o‘tishni istamagani haqida aytilgandi.