Samarqandda yo‘lni kim to‘sib qo‘ydi: hokim, prokuror yoki YHXB boshlig‘i?
Samarqandda shahar prokuraturasi yonidagi Temur Malik ko‘chasining bir qismini metall to‘siqlar yordamida yopib qo‘yishdi, deb yozadi jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev. Bu yo‘l Jomiy ko‘chasini Navoiy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari bilan bog‘lagan hamda unda ikki tomonlama harakatlanish mumkin edi.
Jurnalist bu yo‘lda harakatni cheklash kim tomonidan o‘ylab topilgani haqidagi savolni o‘rtaga tashlagan. Alohida haydovchilar Jomiy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasida tirbandlikni keltirib chiqarmaslik uchun Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab harakatlanishgan. Bundan tashqari, bu ko‘cha oxirida O‘zbekiston fanlar Akademiyasi filiali, katta kitob do‘koni, shahar gazetasi muharririyati, ofislar bo‘lgan.
Samarqand aylanma yo‘llarga katta ehtiyoj sezmoqda, sababi avtomobillar tufayli tirbandlik hozirdan kuzatilmoqda, deb yozadi jurnalist. Yangi ko‘chalar qurish o‘rniga, kimdir bor yo‘lni ham yopib qo‘ydi, degan Rahmatullayev. Ma'lum qilinishicha, qaysidir bir ko‘chada avtomobil harakatini cheklash uchun hokim qarori kerak bo‘ladi. Jurnalist bunday hujjat shahar hokimiyati tomonidan qabul qilinganmi, deb savol beradi. Agarda yo‘q bo‘lsa, u holda kim o‘zboshimchalik bilan bu ishni amalga oshirgan, deya yozgan Rahmatullayev.
Shuningdek, jurnalist bu holat yuzasidan viloyat YXHB ruxsati bo‘lgani bilan qiziqqan. Hattoki hokim bunday qarorni qabul qilishi uchun mutaxassislarning xulosasi talab etiladi. Agarda YXHB ruxsat bermagan bo‘lsa, kim va nimaga Temur Malik ko‘chasini to‘sib qo‘ydi, deb savol bergan T.Rahmatullayev. Jurnalistning ma'lum qilishicha, YXHB boshlig‘i 10 yildan beri ushbu lavozimda ishlaydi. U yo‘lning qatnov qismini qanday hollarda yopishlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak. Eng asosiysi – bu amaldagi yo‘l harakati qoidalari va jamiyat manfaatlariga zid bo‘lishi kerak emas.
Suratdan ko‘rish mumkinki, u yerda nafaqat metall panjaralar, balki to‘xtash va avtomobil qoldirishni taqiqlovchi yo‘l belgisi ham o‘rnatilgan. Bu holat shahar prokuraturasi to‘g‘risida yuz bermoqda. U yerda esa o‘nlab mashinalar bor. Jurnalist YXHB ushbu mahkama uchun avtomobil turargohi tashkil qildimi, deb savol bergan. Har holda T.Rahmatullayevning ma'lum qilishicha, bu haqda unga samarqandliklar xabar qilishgan.
Mavzuga oid
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024
Samarqandda yo‘lovchi avtobusi traktor tirkamasi bilan to‘qnashdi
14:23 / 29.10.2024
Samarqandda savdo do‘koni yonib ketdi
19:09 / 28.10.2024