Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik noyob Ferrari'ni 30 yil davomida bir xonali xonadonda saqlab keldi
Los-Anjyelesda istiqomat qiluvchi erkak bir necha o‘n yil davomida Ferrari avtomobilining noyob nusxasini o‘ziga tegishli bo‘lgan bir xonali xonadonda saqlab kelgan. Amerikalik 1959 yilda ishlab chiqarilgan 250 GT PF kupesini shunday g‘ayritabiiy usul bilan asragan, deb xabar berdi Petrolicious nashri.
Hollivuddagi xonadonda yashirib qo‘yilgan mashina haqidagi ma'lumot sobiq egasining advokati tufayli oshkor bo‘ldi. Avtorambler portalining ta'kidlashicha, yurist undan taxminan 1980 yillar o‘rtalaridan beri saqlanayotgan sportkarni xarid qilgan.
Amerikalik avtomobilni olib qochib ketishlari xavfi tufayli berkitib qo‘ygan. U buning uchun xonadondagi devorlardan birini buzgan, keyinchalik esa uni qayta qurib qo‘ygan.

U bir necha o‘n yil davomida «Ferrari»ni turli ehtiyot qismlari sotib olib ta'mirlab borgan. Shu bilan bir qatorda, avtomobilga u yer qimirlaganda harakatlanib ketmasligi uchun maxsus barqarorlik ustunlari o‘rnatilgan.

Advokat mijozining “siri” haqida uzoq vaqt davomida bilmagan, biroq Hollivudda yashovchi erkak bilan uning uyida uchrashgach, mashinani ko‘rib qoldi. Erkak o‘z yashash joyini o‘zgartirishga qaror qilganida esa yurist unga avtomobilni xarid qilish taklifi bilan chiqdi. Kelishuv qiymati oshkor etilmagan.
«Ferrari»ni xonadon devorlaridan birini buzib olib ketishdi. Bu ish besh soatga cho‘zilib ketdi. Avtomobil yangi egasi uni ta'mirlashni davom ettirmoqchi.





Mavzuga oid
20:43 / 26.05.2026
Ferrari birinchi elektromobilini taqdim etdi
10:25 / 12.01.2026
“Oltin globus-2026”: g‘oliblar e’lon qilindi
22:43 / 08.10.2025
Los-Anjyelesdagi dahshatli yong‘in ishi bo‘yicha gumonlanuvchi qo‘lga olindi
16:05 / 10.09.2025