Britaniyalik aktyor, 16 yoşli Ouen Kuper “Ötiş yoşi” (Adolescence) mini-serialidagi roli uçun “teleformatda ijro etilgan eng yaxşi ikkinçi plandagi erkak roli” nominatsiyasida ğolib böldi. Bu haqda yakşanba, 11 yanvar kuni Kaliforniya ştati, Los-Anjyeles okrugidagi Beverli-Xillzda bölib ötgan “Oltin globus”ning 83-marosimida e’lon qilindi.

Uşbu iş “eng yaxşi mini-serial” deb ham topildi. “Ötiş yoşi”da ota rolini ijro etgan Stiven Grem mini-serialdagi “eng yaxşi aktyor” mukofotini qölga kiritdi. U, şuningdek, ssenariy mualliflaridan biri ham hisoblanadi.

Mini-serialdagi “eng yaxşi aktrisa” — Mişel Uilyams. U kökrak saratoni taşxisi qöyilgan ayol obrazini ijro etgan.

Amerikalik rejissyor Pol Tomas Anderson Leonardo Di Kaprio boş rolni öynagan “Jang ortidan jang” (One Battle After Another) filmi uçun “eng yaxşi rejissyorlik” va “eng yaxşi ssenariy” nominatsiyalarida “Oltin globus”ni qölga kiritdi. Kartina söl radikal ekstremist guruhning sobiq a’zosi haqida hikoya qiladi.

“Kinofilmdagi eng yaxşi ikkinçi plandagi erkak roli” nominatsiyasi ğolibi — “Sentimental qiymat” (Affeksjonsverdi) filmida suratga tuşgan Stellan Skarsgard. Kartina bir paytlar maşhur bölgan kinorejissyor va uning katta yoşli qizlari bilan munosabatlari haqida.

Şu kabi “ayollar” nominatsiyasida esa “Jang ortidan jang” filmi uçun aktrisa Tiyana Teylor “Oltin globus”ga loyiq körildi.

“Eng yaxşi animatsion film” deb “Key-pop: iblis ovçilari” (KPop Demon Hunters) e’tirof etildi. Lenta Huntrix nomli ayollar key-pop guruhi haqida: uning iştirokçilari ovozlari orqali odamlarni himoya qiladi.

Beverli-Xillzdagi marosimda “eng yaxşi komediya seriali” deb “Kinostudiya” (The Studio) tan olindi. “Komediya serialdagi eng yaxşi aktyor va aktrisa” nominatsiyalarida Set Rogen (“Kinostudiya”) va Jin Smart (“Hiylalar”, Hacks) mukofotlandi.

“Kinostudiya” Continental Studios haqida bölib, u yerda superqahramonlar haqidagi filmni suratga olişga urinişadi. “Hiylalar” esa Las-Vegasdagi komediant ayol — Debora Vens taqdiri haqida.

“The Pitt” (“Pitt”) “eng yaxşi dramatik serial” sifatida “Oltin globus”ga sazovor böldi. Unda Pitsburgdagi tez yordam bölimi şifokorlarining kundalik hayoti tasvirlanadi.