Jahon | 17:09 / 03.02.2017
6258
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Janubiy Koreyada RQM tizimlari joylashtirilishiga noroziligini bildirdi

Xitoy TIV rasmiy vakili Lyu Kan AQShning Janubiy Koreya respublikasi hududida raketalarga qarshi mudofaa (RQM) tizimlarini joylashtirishiga mutlaq norozilik bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Xitoy tashqi ishlar mahkamasi xodimi Pekinda bo‘lib o‘tadigan har kunlik matbuot anjumanida shu haqda so‘z yuritgan. Seul ma'muriyati, rasman AQSh RQM tizimini o‘z hududida joylashtirishini ma'lum qilgach, Lyu Kan bayonot bilan chiqish qilgan. 

Avvalroq, Pentagon rahbari Jyeyms Mettis o‘zining ilk xorijiy safari doirasida Koreyaga tashrif buyurgani va milliy mudofaa vaziri Xan Min Gu bilan THAAD RQM tizimlarini Koreyada joylashtirish masalasini muhokama qilgani haqida xabar qilgan edik. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid