14:51 / 03.02.2017
7897

Lukashenko: “Bizga Rossiya ham, Ukraina ham begona emas”

Foto: TASS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko respublika barcha qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lishi lozimligini ma'lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».

«Biz barcha qo‘shnilar bilan do‘st bo‘lishimiz lozim, bizga Rossiya ham, Ukraina ham, Polsha, Litva, Latviya ham begona emas. Ular bizning qo‘shnilarimiz», - degan Belarus prezidenti.

Shu bilan bir qatorda, Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, «ko‘p yo‘nalishli siyosat qurishdan boshqa yo‘l yo‘q».

«Men buni his etdim (ko‘p yo‘nalishli siyosat olib borish lozimligini. – tah). Ko‘p yo‘nalishlilik bilan barchasi ham amalga oshmadi. Bitta qanot bilan uchdik. Biroq, qit'a o‘chog‘ida turgan holda ko‘p yo‘nalishli siyosatni rivojlantirishdan boshqa yo‘l yo‘q», - ta'kidlab o‘tdi u.

Avvalroq Rossiya federal xavfsizlik xizmati 2017 yilning 7 fevral kunidan boshlab Belarus bilan chegara bo‘ylab chegara zonasi rejimini o‘rnatishi xabar qilingandi. Pskov, Smolensk va Bryansk viloyatlaridagi tegishli qismlarda o‘tkazish punktlari va ogohlantiriluvchi belgilar o‘rnatiladi. Belarus esa Rossiya hukumati tomonidan ikki mamlakat chegarasida chegara zonasini kiritilishidan tashvishda ekanini bildirdi.

Mavzuga oid
Top