Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukaşenko tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari iştirokida muzokara ötkazdi.

Uçraşuv avvalida Özbekiston rahbari sönggi yillarda ikki mamlakat örtasidagi köp qirrali munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilganini alohida ta’kidladi.

Uşbu taşrifga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşi yiğilişlari, siyosiy maslahatlaşuvlar, tahliliy doiralar uçraşuvlari, Özbekiston madaniyati kunlari hamda boşqa tadbirlar muvaffaqiyatli ötkazildi.

Özaro savdo hajmi barqaror sur’atda ösib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Sönggi beş yilda bu körsatkiç qariyb 3 barobar oşib, ötgan yil yakuniga köra salkam 1 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning ortda qolgan davrida uning hajmi yana 30 foizga oşdi. 360 ta qöşma korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Yetakçilar kuni keça özaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça aniq harakatlar kelişib olingani hamda qişloq xöjaligi, maşinasozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, yengil sanoat, mebelsozlik va sanoatning boşqa tarmoqlarida yangi kooperatsiya loyihalaridan iborat çora-tadbirlar rejasi qabul qilinganini olqişladi.

Özbekiston tinç atomdan foydalaniş va şu sohada infratuzilmani barpo etiş borasidagi tajribani almaşişdan manfaatdor ekani bildirildi.

8 iyul kuni Minsk şahrida bölib ötgan uçinçi Özbekiston-Belarus hududlararo forumining samarali natijalari alohida e’tirof etildi. Uning yakunida savdo şartnomalari va investitsiya bitimlarining salmoqli töplami imzolandi.

Tomonlar xalqaro tuzilmalar, jumladan, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, MDH, ŞHT va Qöşilmaslik harakati doirasida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga qat’iy intilişlarini tasdiqladi.

Faol madaniy-gumanitar almaşinuvni izçil davom ettiriş muhimligi ta’kidlandi.

Mirziyoyev Minsk şahrida Özbekiston – Belarus döstligi xiyobonini barpo etiş taşabbusi uçun Lukaşenkoga minnatdorlik bildirdi.