Jamiyat | 00:18 / 03.02.2017
13511
2 daqiqa o‘qiladi

“Sho‘rtanneft-gaz”ga ishga joylashtirishni va'da qilib, dollarlar olgan ikki firibgar ayol jazoga tortildi

Qamashilik Bashorat Asralova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) hamda yakkabog‘lik Oynisa Boyqobilova firibgarlik bilan pul ishlab olish maqsadida o‘zaro til biriktirishadi. Mo‘maygina daromadning jilvasi ularning ko‘zini qamashtiradi.

“Huquq” gazetasining yozishicha, ikki ayol “Sho‘rtanneft-gaz” unitar sho‘'ba korxonasiga ishga joylashtirishni va'da qilib, firibgarlik yo‘li bilan tanishlari Akmal Ahmedovdan 2 ming AQSh dollarini sanab olishadi. Ularning firib to‘rlariga tushganlarning ikkinchisi R.Aliyev bo‘ldi. U nufuzli korxonaga ishga kirish uchun firibgar ayollarga 1300 AQSh dollari berdi.

B.Asralova va O.Boyqobilova jabrlanuvchi A.Ahmedov va R.Aliyevga imzo va muhri bo‘lmagan soxta buyruqni taqdim etishadi va qo‘lga kiritilgan pullarni o‘zaro bo‘lib oladilar.

A.Ahmedovning arizasiga ko‘ra, SVOJJDLQK departamentining Qamashi tuman bo‘limi tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va sud hukmi bilan ularga tegishli jazo tayinlandi. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid