Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janjalkashligi bilan mashhur angliyalik futbolchidan shov-shuvli iqror
«Byornli» jamoasi a'zosi Joi Barton 2006 yildan 2016 yilgacha Angliya klublarida o‘ynagani holda futbol uchrashuvlariga 1260 marta stavka qo‘ygani haqida tan oldi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, futbolchi tergovchilar bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lgan va bu orqali jazo yengillashtirilishiga umid bildirgan.
Yaqin ikki hafta ichida Angliya futbol federatsiya komissiyasi Barton ushbu stavkalarni o‘zi o‘ynagan jamoalarning o‘yinlari natijasi uchun qo‘ygan-qo‘ymaganiga aniqlik kiritadi. Barton 2006-2016 yillar davomida «Manchester Siti», «Nyukasl», «Lill», «Kuinz Park Reyndjers» va «Byornli» jamoalari safida o‘ynagan.
2016 yilning dekabrida Barton yana «Byornli»ga qaytdi. Bungacha u yarim yil davomida Shotlandiyaning «Reyndjers» jamoasida edi. 34 yoshli futbolchi o‘tgan yilning 1 iyulidan 15 sentabrigacha ongli ravishda futbol uchrashuvlariga 44 marta dov tikkan. Lekin u «Reyndjers» o‘yinlari uchun stavka qo‘ymagan.
Mavzuga oid
10:48 / 13.12.2024
YeMB uchta asosiy foiz stavkasini yana pasaytirdi
12:40 / 18.10.2024
YeMB barcha uchta asosiy foiz stavkasini pasaytirdi
12:00 / 19.09.2024
AQSh FZT 2020 yildan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
15:51 / 14.09.2024