Hafta voqealari suratlarda: Saturnning eng tiniq tasviri, milliarderlar hayotiga nazar, National Geographic'dan tuhfa
O‘tgan hafta mobaynida dunyoning barcha burchaklarida o‘ziga xos turli voqealar bo‘lib o‘tdi. Ularning barchasi qiziqarli va diqqatga sazovordir. Ammo ana shu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyiydi.
Amerikaning qator kompaniyalari, jumladan, texnologiya sektorida faoliyat yurituvchi yirik kompaniyalar ham Trampning immigratsiya farmonini asabiy holatda kutib olishdi. Shu sabab yuqori texnologiya sohasidagi kompaniyalarning egalari: Ilon Mask, Tim Kuk va Mark Tsukerberglar bu borada o‘z e'tirozlarini bildirishdi.
Tramp tomonidan olib borilayotgan siyosati IT dunyosi uchun o‘z oqibatini uzoq kuttirmadi. Uber rahbari Trevis Kalanik AQSh prezidenti qoshidagi strategiya va siyosat kengashidan chiqdi. Uber Trampni qo‘llab-quvvatlashda va Nyu-Yorkdagi aeroportda taksichilarning namoyishini tarqatib yuborishda ayblandi. Natijada kompaniya 200 000 mijozini yo‘qotdi.
Shu haftada Bloomberg tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda qatnashchilarning 41 foizi agar AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatsa, rublning qadri 1−5 foizga mustahkamlanadi, degan fikrga keldi. Konsensus prognozlariga ko‘ra, rus valyutasining kursi 5−10 foizga oshadi. Bundan avvalroq 2017 yil boshida Rossiya rublining dollarga nisbatan 20 foizga mustahkamlanishi texnik tuzatish hisoblanishi, bunday holat 2014-15 yillarda milliy valyuta qadrsizlanganidan so‘ng ham kuzatilgani aytilgandi.
Apple 2017 moliyaviy yil birinchi choragining moliyaviy ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berdi. Korporatsiya tomonidan chop etilgan hisobotga ko‘ra, chorak daromadi 78,4 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu esa 2016 yilning xuddi shu davridagidan 3,3 barobar ko‘pdir. "Olma" ishlab chiqaruvchisi iPhone sotuvlari o‘sishini qayd etdi. Shunday qilib, kompaniya tahlilchilar taxmin qilgan 76,3 million dona qurilma emas, 78,3 million iPhone sotishga muvaffaq bo‘lgan. Ko‘rsatkich bir yilda 5 foizga oshgan.
Tramp ma'muriyati Germaniyani “asl qiymatiga ega bo‘lmagan” yevrodan o‘z foydasiga foydalanayotganida aybladi. AQSh prezidenti tomonidan savdo masalalari bo‘yicha kengashni boshqaruvchi etib tayinlangan Piter Navarro Financial Times nashriga yevro “yashirin nemis markasi” ekanini aytib, uning past qiymati Germaniyaga AQSh va YeI bo‘yicha sheriklariga nisbatan yaxshiroq pozitsiyani taqdim etishini ma'lum qilgan.O‘z navbatida, Germaniya kansleri Angela Merkel ushbu ayblovlarga javob qaytardi.
AQSh Federal zaxira tizimi (markaziy banki)ning ochiq bozorlar qo‘mitasi 2017 yildagi birinchi majlisi yakuniga ko‘ra, asosiy foiz stavkasini yillik 0,5-0,75 foiz darajasida saqlab qoldi. Bu tahlilchilar va ekspertlarning taxminiga mos kelgan.
Facebook tarmog‘ining 2016 yil so‘nggi choragidagi daromadi 8,81 mlrd dollarni tashkil etgan, bu 2015 yilning ayni choragi bilan taqqoslaganda 51 foizga ko‘p demakdir. Bunda kompaniya sof foydasi 3,57 mlrd dollarni tashkil etgan, bu esa 2015 yil so‘nggi choragi ko‘rsatkichidan 128 foizga ko‘p ekanini bildiradi. 2016 yil yakunlari bo‘yicha, kompaniya jami daromadi 27,64 mlrd dollardan iborat bo‘lgan, shundan 10,22 mlrd dollari sof foyda ekani ta'kidlangan. Shunday qilib, Facebook kompaniyasining bu ko‘rsatkichi 2015 yilga qaraganda 177 foizga o‘sgan.
Amazon sarmoyadorlarni juda hayron qoldirdi. Elektron tijorat bilan shug‘ullanuvchi kompaniya o‘z daromadini 35,7 foizga oshirib, 43,7 mlrd dollarga yetkazdi. Ammo kompaniya aksiyalari savdolar yopilishi bilan 4 foizga tushib ketdi.
O‘tgan dam olish kunlarida SpaceX Hyperloop tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda kelajak transporti qiyofasini o‘zida aks ettirgan tadqiqot va loyihalar taqdim etildi.
Selfi tushishni yoqtiruvchilar uchun ajoyib ixtiro kashf qilindi. U yordamida tasvirda qo‘l ham, selfi tayoqchasi ham tushmaydi. Bu Airselfie deb nom olgan maxsus dron bo‘lib, telefonlar uchun mo‘ljallangan qoplamalarga o‘rnatiladi. U selfini to‘g‘ridan to‘g‘ri havodan turib amalga oshiradi.
Evan Shpigelning hayoti omadli kechdi. Uning Snap Inc. kompaniyasi birjaga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda va hozirgi paytda bu 2017 yilning eng kutilayotgan IPO'laridan biri - kompaniya 20 milliard dollarga baholanmoqda. Butun dunyo o‘smirlari Snapchat ilovasini yaxshi ko‘rishadi, yaqindagina chiqarilgan Spectacles ko‘zoynaklari esa eng kutilgan gadjyetlardan biridir. Yosh milliarderning hayot yo‘liga nazar
Bundan tashqari, dunyoning yana bir milliarderlaridan biri Uorren Baffetning ham hayoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uorren Baffettning davlati 70 milliard dollardan ortiqqa baholanadi va dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida qadrdon do‘sti Bill Geytsdan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etiladi. Uning hayotiga doir 24 fakt.
"Aql bovar qilmas 21 yil ortda qoldi. Bugun men futbolchilik faoliyatimni yakunlash uchun qulay fursat kelganini his qildim. Faoliyatimni Angliya yoki xorijda davom ettirish yo‘lida qator iliq takliflar oldim. Biroq o‘ylashimcha, 38 yosh - yangi hayotga kirib kelish uchun yaxshi lahza”. Bu so‘zlar Angliya milliy terma jamoasi, «Chelsi» va «Manchester Siti» klublari sobiq futbolchisi Frenk Lempardga tegishli. U butun dunyoga futbol bilan xayrlashganini ma'lum qildi.
Los-Anjyelesda AQSh prodyuserlar gildiyasining aktyorlik mahorati uchun ta'sis etgan SAG Awards mukofotlari egalariga topshirildi. Bosh mukofot uchun «Dengiz bo‘yidagi Manchester», «Oy shu'lasi», «Sher», «Yashirin shakllar», «Tashrif», «Dedpul», «To‘siqlar», «Vijdon amriga ko‘ra», «La-La Lend» va «Istalgan yo‘l bilan» filmlari da'vogarlik qildi.
National Geographic nashri 6-14 yoshli bolalarning xalqaro fotosuratlar tanlovi g‘oliblarini e'lon qildi. Eng qizig‘i, bular havaskorlar tomonidan olingan suratlarga sira ham o‘xshamaydi – bolalar tomonidan tasvirga tushirilgan kadrlar haqiqatan ham juda katta iste'doddan darak beradi va ularda dunyoga o‘z mustaqil qarashlari borligini ko‘rsatadi.
NASA Saturn sayyorasi halqalari tasvirlangan juda ham tiniq fotosuratlarni taqdim etdi. Ular rekord masofa – 56 ming kilometr uzoqlikdan olingan. «Kassini» o‘z missiyasi davomida avval ham bu obektlarni kuzatgandi, biroq bir pikselga 550 metr kenglikka ega suratlar «mayda» detallarni ham ko‘rish imkonini berdi. NASA reaktiv harakat laboratoriyasining ma'lum qilishicha, fotosuratlar olimlarga ilk bor Saturn yo‘ldoshlari tortishish kuchiga ta'sir ko‘rsatuvchi halqalarning «tozalangan» qismlari - «poxolpoya» va «propellerlarni» o‘rganish imkonini beradi.
Mavzuga oid
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
20:07 / 14.11.2021
«Vaqt mashinasida qorong‘i 2016 yilga borib kelamiz» – blogerlarning hafta mavzulari
22:10 / 07.11.2021
Haykalga milliardlar, changda qolgan Toshkent, bloklangan tarmoqlar – blogerlarning hafta mavzulari
19:58 / 24.10.2021