19:01 / 04.02.2017
7512

Britaniya sobiq bosh vaziri Kemeron: men hali qaytib kelaman

Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Devid Kemeron “yana qaytib kelishi”ni aytdi. U AQShning Kaliforniya shtati sobiq gubernatori, aktyor Arnold Shvartsenegger bilan uchrashuvda shunday bayonot bilan chiqqan. Aktyorning Snapchat tarmog‘idagi sahifasida joylashtirilgan videoyozuv The Guardian nashri tomonidan taqdim etildi.

Avvaliga Shvartsenegger Kemeronni o‘zining “yaxshi do‘sti” deb tanishtirdi. Shundan so‘n Kemeron: “Men bu yerda gubernator bilan turibman, va u o‘z ishini juda ham yaxshi bajardi. Men yana qaytib kelaman” degan.

Sobiq bosh vazir Shvartseneggerning “Terminator” filmidagi gapidan iqtibos keltirgan. Biroq Kemeron o‘z iborasiga hech qanday izoh bermadi hamda siyosatdagi bo‘lajak rejalariga oydinlik kiritmadi. 

Ma'lumot uchun, Kemeron britaniyaliklarning aksariyati 23 iyun kungi referendumda mamlakatning YeIdan chiqishi uchun ovoz berganidan so‘ng bosh vazir lavozimidan iste'foga chiqdi. 

Mavzuga oid
Top