Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» «Arsenal»ni yengib, turnir jadvalida eng yaqin ta'qibchisidan 12 ochkoga ilgarilab ketdi
Angliya chempionatining 24-turidagi markaziy uchrashuvda «Chelsi» «Arsenal»ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 13-daqiqasida o‘ng qanotdan uzatilgan to‘p Diyego Kostaning boshiga kelib tushdi, u bergan zarba avval Petr Chexning qo‘liga, keyin darvoza to‘siniga tegdi. Qaytgan to‘pni esa baland sakragan Markos Alonso bilan darvoza to‘riga joyladi, bu vaziyatda birinchi zarbani qaytargan Chex o‘rnidan turishga ulgurmagandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Kosta maydon markazida to‘p uchun kurashda ustun kelib to‘pni Eden Azarga tashlab berdi, belgiyalik futbolchi esa to‘p bilan raqib jarima maydonchasigacha bordi. U yo‘lida 3 nafar futbolchidan xotirjamlik bilan o‘tib, jarima maydoni ichiga kirgach, Chexni ham dog‘da qoldirdi.
85-daqiqada esa Chex Kostaning bosimi ostida qolib, to‘pni Sesk Fabregasga topshirdi, ispaniyalik xavbek esa bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qildi.
O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda Olive Jiru qanotdan uzatilgan to‘pni Tibo Kurtua qo‘riqlayotgan darvozaga kiritdi - 3:1.
Endilikda «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 59taga yetdi va jamoa eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»dan 12 ochko oldinda. «Arsenal» esa 47 ochkosi bilan uchinchi o‘rinda qoldi.
Angliya premer-ligasi, 24-tur
Chelsi – Arsenal 3:1 (1:0)
Gollar: Alonso (13), Azar (53), Fabregas (85) - Jiru (90+1).
Chelsi: Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes (Zuma, 88), Pedro (Villian, 84), Kante, Azar (Fabregas, 84), Diyego Kosta.
Arsenal: Chex, Mustafi, Monreal, Belerin (Gabriel, 17), Koselni, Uolkott (Uelbek, 70), Oksleyd-Chemberlen, Sanches, O‘zil, Ivobi, Koklen (Jiru, 65).
Ogohlantirishlar: Mustafi (23), Matich (70).
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026