Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qasd olishga undagan adovat yoxud 5,5 yilga qamalgan yigit qilmishi
Chortoqlik Zufar A'zamov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) muqaddam ikki marotaba sudlanib, jazoni to‘liq o‘tamagan bo‘lsa-da, hamyurti Bekmurod Meliyev bilan avvaldan bo‘lgan kelishmovchilik tufayli kek saqlab, uni qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘ladi. Shu maqsadda “raqib”iga ochiqdan-ochiq qasd qilishni rejalashtiradi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Eng yomoni, u o‘zining g‘arazli qilmishiga voyaga yetmagan Ja'far Ermatov, Ibrohim Abdiyev hamda muqaddam sudlanib, jazoni o‘tayotgan Dilbek Soatovni ham jalb qiladi.
2016 yilning 29 fevral kuniga o‘tar kechasi soat 23:30larda jinoiy guruh B.Meliyevning yashash uyiga boradi va uni chaqirib, dabdurustdan pichoq o‘qtalishadi. Kutilmagan holdan qo‘rqib ketgan B.Meliyev o‘zini darvoza ortiga urarkan, jinoyatchilar uning ortidan toshbo‘ron qilib, shovqin ko‘tarishadi. Oqibatda B.Meliyev tan jarohati oladi. Bosqinchilar esa uning uyi derazalarini sindirib tashlashadi.
Shovqin biroz bosilgach, B.Meliyev akalariga telefon qilib, bo‘lgan voqeani aytib berarkan, o‘zi ham “mehmonlar”ni qidirib ko‘chaga chiqadi. Bir payt unga uyidan ayoli qo‘ng‘iroq qilib: “Uyimizga o‘t qo‘yib ketishdi, tez yetib keling”, deya dod soladi.
0,5 hamda 0,25 litr hajmdagi idishlarga quyilgan benzin ichiga mato parchasini joylashtirgan jinoyatchilar B.Meliyevning uyini chindan ham yoqib yubormoqchi edilar. Ular ko‘cha tomonidan benzin yoqilg‘isini yoqqan holda, hovliga uloqtirib, voqea joyidan yashirinishadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining hukmiga ko‘ra, Z.A'zamov hamda D.Soatovga bezorilik qilib, voyaga yetmagan shaxslarni jinoyatga jalb qilishgani, shuningdek, o‘zganing mulkiga zarar yetkazganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga asosan 5 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Voyaga yetmagan J.Ermatov va I.Abdiyev esa bezorilik va ishtirokchilikda jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga ham tegishli huquqiy choralar ko‘rildi.
Mavzuga oid
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026