Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya prezidentligiga nomzodlardan biri Fransiyani NATOdan olib chiqmoqchi
Fransiyaning "Xalq fronti" partiyasi yetakchisi, Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Marin Le Pen o‘zining saylovoldi kampaniyasi dasturida mamlakatni NATOdan olib chiqish va o‘z qurolli kuchlarini kuchaytirishni ustuvor vazifalar sifatida belgiladi.
"Fransiya bizning mamlakatimiz manfaatlariga javob bermaydigan urushlarga jalb qilinishidan qochish uchun NATOni tark etishi lozim", deb aytgan Le Pen.
Siyosatchi milliy chegaralarning tiklanishi, mamlakatning Shengen hududidan chiqishi, Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum tashkillashtirish va Fransiyaga noqonuniy keluvchi xorijliklarga fuqarolik berishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Le Pen Fransiyaning harbiy-sanoat majmuasini to‘liq hajmda tiklamoqchi, mamlakat harbiy byudjyetini yalpi ichki mahsulotning 3 foizi darajasigacha oshirish va mamlakatning yadroviy qayta qurollanishini yo‘lga qo‘yish, konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish va turmalarda yangi joylar yaratishga va'da bermoqda.
Le Penning dasturida hammasi bo‘lib 144 ta saylovoldi va'dasi berilgan.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:15 / 08.06.2026