Le Figaro gazetasi manbalariga tayanib xabar berişiça, Fransiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari Telegram platformasi orqali sodir etilişi mumkin bölgan jinoyatlarga nisbatan messenjer rahbariyatining ehtimoliy javobgarligi yuzasidan tergovni davom ettirmoqda.

Söroq yakunlanganidan söng Pavel Durovning uç nafar advokati AFP agentligiga bayonot berib, deyarli ikki yil davom etayotgan tergov davomida ularning mijoziga qöyilgan ayblovlarni tasdiqlovçi aniq dalillar taqdim etilmaganini bildirdi.

Himoyaçilarning ta’kidlaşiça, ular Fransiya sud organlari hamda Yevropa sud instansiyalariga tegişli şikoyatlar kiritgan.

Durovga qöyilgan ayblovlar

Pavel Durov 2024 yil 24 avgust kuni Parij aeroportida qölga olingan edi. Fransiya tergovçilari uni Telegram platformasida kontentni yetarliça nazorat qilmaganlik va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik qilişdan boş tortganlikda ayblamoqda.

Tergov fikriça, messenjerda nazoratning yetarli emasligi bolalar pornografiyasi tarqatilişi, giyohvandlik vositalari savdosi, firibgarlik hamda boşqa jinoyatlarga qarşi kuraşni qiyinlaştirgan.

Safarga qöyilgan çeklovlar bekor qilingan

2025 yil noyabr oyida AFP agentligi Fransiya hukumati Durovning mamlakatdan çiqişiga qöyilgan çeklovlarni bekor qilganini xabar qilgan edi. Ilgari unga faqat özi istiqomat qiladigan Dubayga çeklangan safarlarga ruxsat berilgan bölsa, keyinçalik erkin safar qiliş va politsiya bölimida muntazam röyxatdan ötiş majburiyati ham bekor qilingan.

Biroq Parij prokuraturasi 2026 yil may oyida mazkur jinoyat işi hali yopilmaganini va tergov harakatlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Rossiyada ham bosim kuçaygan

Şu bilan birga, Telegram Rossiyada ham qator çeklovlarga duç kelmoqda. Mamlakat hukumati 2026 yil fevral oyidan boşlab messenjer faoliyatini sekinlaştirgan. 2025 yil avgustidan esa WhatsApp va Telegram orqali qönğiroq qiliş xizmati bloklangan.

Rossiya rasmiylari bu qarorlarni firibgarlik holatlariga qarşi kuraş bilan izohlagan bölsa, Pavel Durov 2026 yil fevral oyida Rossiyada unga nisbatan terrorizmga kömaklaşiş moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qilgan.