Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Buyuk Britaniya bosh vaziri samolyoti terrorchilar nishoniga aylanishi mumkin edi
Foto: AP
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning samolyoti Vashingtondan Anqaraga yoqiq transponder bilan uchgani ma'lum bo‘ldi. Bu esa terrorchilarga samolyotni oson kuzatishga imkon bergan va uni "uchar nishon"ga aylantirgan. Bundan Daily Mail nashri jurnalistlari xabar topdilar.
Mutaxassislarning fikricha, samolyotni hattoki mobil dastur yordamida kuzatish mumkin bo‘lgan. Terrorchilar istasalar samolyot balandligi, yo‘nalishi va parvoz tezligini bilib olishlari mumkin bo‘lgan. "Bunday ma'lumot ochiq holatda ekanligi kulgili va ma'suliyatsizdir. Yoqiq transponder terrorchilar ma'lumot olishi uchun ideal variant hisoblanadi", deb bunga izoh bergan Terrorchilikka qarshi kurashish milliy boshqarmasi rahbari Kris Filips.
Bekingem universitetning xavfsizlik va razvedka bo‘limi rahbari Entoni Glisaning aytishicha, Mey uchun bu vaziyatda haqiqatda yaqqol xavf bo‘lgan. U bu voqeani bema'nilik deb atagan, chunki Mey dunyoning eng muhim shaxslaridan biri hisoblanadi.
Maxsus xizmatlar Meyning parvozlarini tashkillashtirish bilan shug‘ullanuvchi aviakompaniyaga murojaat qilganlaridan keyin qurilma faolsizlashtirilgan.



Mavzuga oid
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026
AQShda yo‘lovchi samolyoti o‘t o‘chiruvchi mashina bilan to‘qnashib ketdi
21:04 / 19.03.2026