Light | 23:25 / 06.02.2017
49029
6 daqiqa o‘qiladi

Insonni yengilmas qilishga yordam beruvchi odatlar

Biz o‘zimizga yoqmaydigan, biroq yetarlicha pul beradigan ishga boramiz. Murakkab munosabatlarni tanlab, keyin uni yumshatishga harakat qilamiz. Bari nima uchun?  Ortiqcha ozor chekmaslik uchunmi?  Kundalik hayotdan biroz chekinib, o‘ylashga urining — siz nimani chin dildan istaysiz? Quyidagi odatlar esa hayotda qoqilmay, doimo muvaffaqiyat qozonishga yordam berishi aniq. 

Ortiqcha o‘ylashdan to‘xtang

Qaror qabul qildingizmi? Olg‘a, uni amalga oshiring. Kelgusida bajariladigan ishlarni ming marotaba tahlil qilish shart emas. Bu sizni qo‘rqituvchi holatlarni takror-takror o‘ylashingizga sabab bo‘ladi. Intuitsiyaga ishoning va o‘zgarishlardan cho‘chimang. Aks holda, nabiralarga nimani so‘zlab berasiz? 

Ma'naviy sabr

Ruhiy chidamlilik barcha narsadan muhim sanaladi. Ishni qanchalik bosiq holda uddalasangiz, rahbariyat ham sizni shunchalik hurmat qila boshlaydi, ko‘proq muvaffaqiyatga erishasiz. Ruhingizni tarbiyalashga beparvo bo‘lmang, mulohaza qilishga vaqt ajrating. 

Aniq maqsadlar

Natijaga e'tiborni kuchaytirish salomatlik uchun zararli. Shu o‘rinda, qisqa muddatli maqsadlar rivojlanishda juda foydali qurol bo‘lishi mumkin — agarda ular avvaldan tuzilgan uzoq muddatli rejalar tomon yo‘naltirilgan bo‘lsa. Yanada rag‘batlantiruvchi maqsadlar aniq muddatlar bilan yaqqol chegaralangan bo‘ladi.  "Ingliz tilini o‘rgangan bo‘lar edim"ni o‘rniga "bugun men 10ta so‘zni eslab qolaman". 

Idealni izlashdan to‘xtang

Inson tayyor ishdan hech qachon to‘laqonli qoniqmagan. Bu kichik bo‘shliqni bartaraf qilishga bo‘lgan urinish ko‘plab ishlarni barbod bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Kir qidirishni bas qiling, keyingi ishga o‘ting. 

O‘rganing

Hayot sarguzashtga to‘la. Vasvasaga tushish — demak, ortga ikki qadam tashlash. Omadli inson chinakam rohat o‘z ustida mehnat qilishda ekanligini juda yaxshi biladi. Ko‘nikmalar orttiring, yangi bilimlarni o‘zlashtiring. Sizning tayyorgarligingiz misli ko‘rinmagan kuch beradi. Atrofdagilar esa bunday qimmatbaho bilimni sizga shunchaki berishga qodir emas.  

Yiqilishdan qo‘rqmang

Yoqimli sharoitda qolish manfaatli va xavfsiz. Bu yerda jiddiy xatolar qilish mushkul, barchasi bir necha kunda to‘g‘irlanadi. Biroq mukofotlar ham ma'lum darajada ahamiyatini yo‘qotadi. Oyog‘i ostiga qaramay, eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilishga tayyor "jasur" kishiga mukofotning ham keragi yo‘q. Tubga qulash, bu toifadagi insonlar uchun bema'nilik bo‘ladi: bu barcha tushunchalar faqat boshda. Qulashga majbur bo‘ldingizmi? O‘rningizdan turib, cho‘qqiga yana ko‘tarilishni boshlang.  

O‘zingizga to‘g‘ri bo‘ling

Masalan, insonlarning 70 foizi o‘z ishini yaxshi ko‘rmaydi. Nima sababdan o‘zgartirishmaydi? Sababi, shunchaki shaxsiy ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yishga odatlanishmagan. O‘z qarashlaringizni o‘zgartirish, tashqi ta'sirni o‘zgartirishdan ancha osonroq.  Biroq bu soddalik aldamchidir: o‘zingizga bo‘lgan ishonchni doimo ta'minlab beradigan shaxsiy hurmatni shakllantiring. Hayotingizda nimadir noto‘g‘ri ketdimi? Buni darhol o‘zgartiring. 

Haddan ortiq talablar

Bosimni ortishi quvurlarni uzilib ketishiga sabab bo‘ladi, biroq aynan u ko‘mirni olmosga aylantirishga qodir. Ko‘pchilik insonlar, jiddiy zo‘riqishlardan so‘ng dam olish foydali, deb hisoblashadi. Biroq aslida unday emas. O‘z istiqbollaringiz chegarasini qisqartirmang, uni yanada orttiring. Xuddi mashqlar zalida bo‘lgani kabi vaqti-vaqti bilan ko‘proq vazn olib, kuchli bo‘lasiz. 

 Umumiy nazorat

O‘ylab ko‘ring, tashqi omillarga qaram bo‘lgan odamlar qancha. Tamaki, sport, ish, uyqu — bular hayot emas, sharoitga moslashish uchun doimiy urinishdir. Sharoitga moslashishni yig‘ishtiring. O‘z mavjudligingizni nazoratda ushlashga odatlaning. Nimani, nima sababdan qilayotganingizni biling — ishoning, shuning o‘zi deyarli istalgan maqsadni oshirish uchun yetarlidir. 

Kerak bo‘lsa siz bilan raqobatlashsinlar

Atrofdagilar doimo o‘zini boshqalar bilan qiyoslaydi. Bu mutlaqo asossiz. Begonalarning muvaffaqiyatiga nazar solish boshda allaqandaydir qichqiriqlarni uyg‘otadi: natijada siz yangi narsaga asos solmaysiz, shunchaki kimningdir muvaffaqiyatini yomon nusxasini bajarasiz. Shuhratparastlikni to‘xtating, o‘z maqsadingizni belgilang  va olg‘a harakat qiling. Tez orada esa boshqalar siz bilan raqobatlasha boshlaganini payqaysiz — biroq siz endi o‘z yo‘lingizda turgan bo‘lasiz.

Mavzuga oid