Farzand uçun ilk tarbiya manbai – oiladagi muhit hisobalanadi. Psixologlar ta’kidlaşiça, qiz bolaning şaxsiy identifikatsiyasi birinçi navbatda ona va ota bilan munosabat asosida şakllanadi. 12–17 yoş orasida qizlarda özini anglaş jarayoni tezlaşadi. Bu vaqtda ular taşqi köriniş, qomat va atrofdagilar munosabatiga sezgir bölişadi. Şunday şaroitda ota-onalarning mehr va qöllab-quvvatlaşi qiz bolaning öz-öziga işonçini şakllantiradi. Oiladagi nosoğlomlik, janjallar, qöpol muomala yoki e’tiborsizlik uning ruhiyatida çuqur iz qoldiradi. Aksinça, işonçli va tinç muhitda ösgan qizlarda öz-öziga işonç yuqori böladi.

Oxirgi yillarda ijtimoiy tarmoqlar ösmir qizlar qarorlariga eng katta ta’sir körsatuvçi omilga aylandi. Internetdagi ideallaştirilgan obrazlar, tanasiga nisbatan norozilik, layk va kommentariylarga boğliqlik – bularning barçasi ruhiy bosimni kuçaytiradi. Ba’zan esa noqonuniy kontent, yoşlar bilan yozişmalar, firibgarlik yoki xatarli çellenjlar katta muammoga aylanib bormoqda. Telefon va internet körinmas, lekin kuçli ta’sir qiluvçi manba ekanligini unutmagan holda qizlaringizni bu omillardan qanday foydalanişini nazorat qiling.

Bugungi kun ota-onalari bolani nafaqat internetdagi xavflar balki, uning atrofida yuz berayotgan voqea-hodisalardan ham nazorat qiliş va kerak bölsa himoyalaşni bilişi kerak. Çunki bolaning köp vaqti maktabda ötadi. Öqituvçi va sinf muhiti ham qiz bolaning özini anglaş jarayonida muhim örin tutadi. Ba’zi öqituvçilarning qöpol munosabati, sinfdoşlar bosimi, bulling holatlari ösmir qizlarni yopiq, işonçsiz va ruhan zaif qilib qöyadi. Maktablarda psixolog xizmatlarining zaifligi esa muammoni çuqurlaştirmoqda. Agar qizingiz nimadandir norozi, kayfiyatsiz va iştahasiz bölsa albatta u bilan dildan, ehtiyotkorona suhbatlaşiş lozim. Mutaxassislar ta’kidlagan yana bir muhim jihat — ösmir qizni “eşitiş”. Köp hollarda ular öz fikri, hissi yoki qörquvlarini aytişdan uyaladi. Oilada oçiq muloqot muhiti mavjud bölsa, qiz bola muammolarini töğri yönalişda hal qiliş imkoniga ega böladi

E’tiborsizlik oqibati: erta nikoh va notöğri qarorlar

Jamiyatda hali-hamon uçraydigan erta turmuşga çiqariş holatlari köpinça ösmir qizning öziga emas, uning atrofiga quloq soliş natijasida sodir böladi. Bu esa kelajakda ta’limdan uziliş, iqtisodiy qiyinçiliklar va ruhiy travmalarga olib kelişi mumkin.

Mutaxassislar bir qator muhim tavsiyalarni keltiradi:

  • qiz bilan muloqot – nazorat emas, işonç asosida bölişi kerak;
  • ota-ona uning içki dunyosiga aralaşişdan emas, qiziqişlarini qöllab-quvvatlaşdan boşlaşi lozim;