Qonunçilik palatasi deputati Maxfirat Xuşvaqtovaning ma’lum qilişiça, bu haqda prezident raisligida ma’naviyat va madaniyat faollari iştirokida ötkazilgan yiğilişda ma’lum qilingan.

Uçraşuvda soha rivoji uçun alohida prezident qarori qabul qilinişi, Buxorodagi tarixiy maskanda Jadidlar merosi davlat muzeyi oçilişi hamda “Jadid” nomli yangi gazeta taşkil etilişi bildirildi. Madaniy-ma’rifiy sohadagi işlarda hokimlarning mas’uliyati oşirilib, tuman va şaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari işga tuşiriladi. 

Kelgusi yildan har bir tumanda sahnali zal, kutubxona, kinozal va tögarak xonalari bölgan bittadan madaniyat markazi faoliyati yölga qöyiladi. Joylardagi 600 dan ziyod badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnik bazasini yaxşilaş böyiça dastur qabul qilinib, bunga 100 milliard söm yönaltiriladi. Maqom va baxşiçilik san’atini ilmiy asosda örganiş va rivojlantiriş kuçaytiriladi.

Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oşiriş qöllab-quvvatlanadi. Ijodiy buyurtmalar, muallif va tarjimonlarga tölanayotgan qalam haqi köpaytiriladi. Naşriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida ular 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Musiqa va san’at maktablari muallimlarining oyligi oşirilib, uşbu maktablarning kommunal xarajatlarini budjetdan qoplab beriladi.