Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Velosiped sporti federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
6 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda 2013–2016 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan federatsiya rahbariyatining hisoboti tinglandi.
Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 4 yillik olimpiya siklidagi federatsiya faoliyati tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi. Sportning ushbu turida O‘zbekiston vakillari turli xalqaro musobaqalar va turnirlarda ishtirok etgan bo‘lsa-da, 4 yillikning eng muhim musobaqasi - 2016 yilgi Rio-De-Janeyro shahridagi XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga birorta ham litsenziyani qo‘lga kirita olmadi.
Konferentsiyada velosiped sporti federatsiyasi rahbariyatining yangi tarkibi saylandi. O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, muqaddam ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan Tanzila Kamolovna Norboyeva, uning o‘rinbosari etib Kozim O‘rinboyxo‘jayev bir ovozdan saylanishdi.

Mavzuga oid
14:08 / 04.06.2026
O‘zbekiston va Serbiya parlamentlari hamkorlik memorandumini imzoladi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
17:36 / 23.05.2026
O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi MDH PA sessiyasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
18:58 / 23.04.2026