Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOning navbatdagi majlisi qachon o‘tkazilishi ma'lum bo‘ldi
NATOning navbatdagi majlisi Belgiya poytaxti Bryussel shahrida 2017 yil may oyi oxirida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi telefon orqali muzokaralarda so‘z yuritilgan.
Majlisda alyans a'zolari o‘rtasida mablag‘larni taqsimlash, terrorchilik bilan kurash, Ukraina va Rossiyaga nisbatan siyosat masalalari muhokama etiladi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va AQSh prezidenti Donald Trampning telefon orqali muzokaralari yakshanba, 5 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Unda siyosatchilar Ukraina sharqidagi vaziyat va mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlari, shuningdek, terrorchilikka qarshi kurash hamda NATOning mudofaa bo‘yicha sarf-xarajatlari xususida fikr almashganlar.
Avvalroq Tramp NATOga a'zo davlatlar yetakchilari uchrashuvida ishtirok etishga rozilik bildirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:47
Pistorius: Tramp NATO askarlari haqidagi so‘zlari uchun kechirim so‘rashi kerak
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
21:32 / 23.01.2026
Trampning Davosdagi nutqi: xatolar va chalkashliklar
23:18 / 21.01.2026