Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qirg‘izistondagi GES majmuasini xalqaro tekshiruvdan o‘tkazish uchun pul to‘lashdan bosh tortmoqda
«RusGidro» korxonasi Qirg‘izistondagi Yuqori-Norin GES majmuasining xalqaro auditi uchun pul to‘lamaydi. Bu haqda deputat Almambet Shikmamatov qirg‘iz parlamentining konstitutsiya qonunchiligi, davlat tuzilmasi, sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qirg‘iz tomonidan Rossiya kompaniyasini bir necha bor qurilish ishlari uchun mablag‘larni qaytarish maqsadida xalqaro audit o‘tkazishga chaqirgan. Gap 37 million AQSh dollari haqida bormoqda.
«Xalqaro tekshiruvni tanlab olish – Qirg‘iziston uchun muammo, sababi audit o‘tkazish bizga kerak. Rossiya buning uchun pul to‘lamoqchi emas. Biroq komissiya qancha mablag‘lar talab etilishini muhokama qilmagan», - dedi Almambet Shikmamatov.
Xalqaro kompaniya auditi 1,5-2 million dollar atrofida turadi.
Deputat Aynuru Altiboyevaning ta'kidlashicha, bu respublika uchun juda ham katta puldir. Bundan tashqari, Rossiya tomoni audit natijalarini tan olishi lozim.
Mavzuga oid
18:24
Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumonlanmoqda
14:26
Dunyoni ikki lagerga bo‘lgan Cherchill – “Sovuq urush” davri qanday boshlangandi?
21:03 / 28.04.2026
Rossiyada migrantlar uchun davlat bojlari 12 barobar oshishi kutilmoqda
20:54 / 28.04.2026