Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaman o‘z hududida AQShga maxsus operatsiyalarni o‘tkazishga ruxsatni qaytarib olmagani ma'lum qilindi
Foto:© Fotolia/ robnaw
AQSh Davlat departamenti OAVning Yaman amerikalik harbiylarga mamlakat hududida terrorchilarga qarshi maxsus operatsiyalarni o‘tkazishga bergan ruxsatini qaytarib olgani haqidagi xabarini rasman inkor qildi.
"Bizga Yaman hukumati AQShning quruqlikdagi operatsiyalarini to‘xtatishni talab qilgani haqidagi xabarlar ma'lum. Yaman tashqi ishlar vaziri bu xabarlarni rad etdi", deb aytdi RIA “Novosti” axborot agentligiga AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Mark Toner.
Avvalroq New York Times nashri amerikalik amaldorlarga iqtibos keltirgan holda Yaman hukumati AQShga berilgan ruxsatni qaytarib olganini ma'lum qilgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu qaror Donald Tramp lavozimini bajarishga kirishgandan keyin Yamanda AQSh qurolli kuchlari birinchi keng ko‘lamli operatsiyani o‘tkazganidan keyin qabul qilingan, chunki operatsiya oqibatida tinch aholi halok bo‘lgan.
Keyinroq Reuters axborot agentligi ismi ma'lum qilinmagan yamanlik amaldorga iqtibos keltirgan holda Yaman hukumati AQShdan maxsus operatsiyalarni o‘tkazishga ruxsatini qaytarib olmaganini ma'lum qilgan. AQShning Yaqin Sharqdagi qo‘mondonligi RIA “Novosti” axborot agentligiga Yamanda operatsiyalarni o‘tkazish yoki ularni rejalashtirishni to‘xtatish haqida buyruqlar olmaganini ma'lum qilgan.
AQSh oxirgi yillarda Yamanda "Al-Qoida" guruhiga qarshi muntazam zarbalar berib keladi.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026