Light | 23:39 / 08.02.2017
33306
5 daqiqa o‘qiladi

Har kuni yuvish va tozalash zarur bo‘lgan buyumlar

Shubhasiz, barchaga uydagi saranjomlik va tartib yoqadi. Biroq qanchalik ozoda bo‘lmaylik, favqulodda bandlik tufayli har kuni umumiy tozalashning sira iloji yo‘q. Uy anjomlari orasida shunday buyumlar borki, ularni har kuni tozalash talab qilinadi. Mazkur buyumlar ro‘yxatini e'tiboringizga havola etamiz. 

Oshxona sochig‘i

Tadqiqotga muvofiq, oshxona sochig‘i uydagi eng zararkunanda vosita sanaladi. Xuddi shu narsa hammomdagi kichik sochiqchalarga ham tegishli. Siz undan hech bo‘lmaganda kuniga bir marotaba foydalansangiz ham, sochiqchalar juda tez kir bo‘ladi. Shu sababli ularni, ayniqsa, oilangiz katta bo‘lsa, har kuni yuvish zarur.  

Kalitlar

Lift tugmalari ustida bo‘lgani kabi kalit yuzasida ko‘plab bakteriyalar mavjud. Biz hech qachon kalitni tozalab yurmaymiz va uni doim kir qo‘llar bilan ushlaymiz. Ular eshik tagiga tushib ketadi, kir cho‘ntaklarda saqlanadi va uyga son-sanoqsiz bakteriyalarni olib keladi. Shuning uchun kalitlarni antiseptik salfetkalar bilan tozalab turish kerak.

Yuvinish xonasidagi plitkalar

Juda ham kir bo‘lib ketgan kafelni yuvishga ortiqcha kuch sarflamaslik uchun ularni har dush qabul qilganda tozalash zarur. Shuningdek, devorlarning quruq saqlanishi xonada mog‘or paydo bo‘lishining oldini oladi. 

Idish yuvish uchun gubkalar

Idish yuvish uchun gubkalar — oshxonadagi eng kir to‘plovchi yordamchidir. Biz u bilan taxta, rakovina, ba'zan esa stolni artamiz. Bulardan so‘ng uni, albatta, dezinfeksiya qilish zarur: ularni yaxshilab chayib, mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kerak. Katta bo‘lmagan kuchlanishda bir necha daqiqaga qo‘ying. Jarayonni diqqat bilan kuzating. Agarda gupkadan par chiqa boshlasa, dezinfeksiya ishini darhol tugatish kerak. Hech qachon bu ishni metall qismga ega bo‘lgan gupkalar uchun qo‘llamang. 

Uydagi barcha rakovinalar

Qo‘lingiz va idishlarni yuvganingizda rakovina ham o‘z-o‘zidan toza bo‘lib qoladi, deb o‘ylasangiz, yanglishasiz. Unda ko‘zimizga ko‘rinmaydigan sanog‘i yo‘q bakteriyalar yig‘ilgan bo‘ladi.  

Suv bilan ho‘llangan idishlar

Idishda qolgan ovqat qoldiqlari tuni bilan kirligicha qolsa, tozalash jarayonini aksincha, qiyinlashtiradi. Har kungi tozalash uchun idish-tovoq yuvish mashinasidan foydalanish mumkin.  Eng yaxshisi, idishlar har safar kirlangan vaqt yuvish maqsadga muvofiq. 

Qahva qaynatgich

Qahva qaynatgich — turli bakteriyalar va mog‘orlar uchun ajoyib joy sanaladi. Shuning uchun uni har kuni tozalash kerak. Buning uchun uni alohida qismlarga ajratish zarur — bu esa qahva qoldiqlarini, shuningdek, qahva donalarini maydalash jarayonida paydo bo‘lgan yog‘ni olib tashlashga ham yordam beradi. 

Kesish taxtasi 

Kesish uchun yog‘och taxtalarni taom tayyorlab bo‘lgandan so‘ng bir necha daqiqa sirkali suvga qo‘yib qo‘ying. Shuningdek, taxtalarni (faqat yog‘ochni emas) vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilish zarur. Buning uchun ichimlik sodasi va 0,5 litr issiq suvdan iborat tozalovchi vositani ishlating. 5-10 daqiqadan so‘ng taxtakachni oqib turgan suvda yaxshilab chayib tashlang.

Pardoz uchun cho‘tkalar va gupkalar

Agarda siz pardoz uchun anchadan buyon bitta cho‘tkani ishlatsangiz, u bakteriyalar makoniga aylanishi mumkin.  Keyin uni yuzingizga surtasiz. Shu sababli uni pardoz qilib bo‘lgandan so‘ng iliq suvda yuvib tashlang. 

Mavzuga oid