Ronald va Nensi Reyganning buyumlari kimoshdi savdosida kutilganidan ortiq bahoda sotildi
AQShda mamlakatning sobiq prezidenti Ronald Reygan va uning turmush o‘rtog‘i Nensi Reyganga tegishli buyumlar qo‘yilgan kimoshdi savdosi bo‘lib o‘tdi. Bloomberg nashrining xabar berishicha, ikki kunlik savdo 5,7 million dollar keltirgan, dastlab bu buyumlar sotuvidan 2 million dollar tushishi prognoz qilingandi.
Kimoshdi savdosida 400dan ortiq lot sotildi. Masalan, Reyganning bir juft kovboy etigi 199,5 ming dollarga sotildi, dastlab u 20 ming dollarga baholangandi.
Qalamda chizmalar tushirilgan va Ronald Reygan imzosi bo‘lgan sahifa 100 ming dollarga qo‘lga kiritildi. Sobiq prezident imzosi tushirilgan Berlin devori bo‘lagi esa 277,5 ming dollarga sotildi.
Reyganning turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan AQSh bayrog‘i tasviri tushirilgan Bulgari uzugi 319,5 ming dollarga xarid qilindi. Bir juft kumush qadah (Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcherning sovg‘asi) esa kimoshdi savdosida 52 ming dollarga sotildi.
1996 yilda Sotheby's kimoshdi savdosi uyi AQShning sobiq birinchi raqamli xonimi Jaklin Kennedi Onasisning buyumlarini sotuvga qo‘ygandi. Lotlar 6 mingdan ortiq bo‘lgan. Bu sotuvlar 34 million dollar keltirgandi, boshlang‘ich prognoz esa 4,6 million dollar bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:32 / 12.09.2024
Eynshteynning Ruzveltga yozgan xati kimoshdi savdosida qariyb 4 mln dollarga sotildi
20:52 / 10.04.2019
Poroshenko shtabida Zelenskiy Charli Chaplinga qiyoslandi
18:28 / 18.12.2018
Nomi biz o‘ylagandan o‘zgacha bo‘lgan 17 ta buyum
13:49 / 18.10.2018