Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» - «Atletiko»: 3ta qizil kartochka va ikki gol bo‘lgan uchrashuv yakunida kataloniyaliklar finalga chiqdi
Ispaniya Kubogi yarim finali doirasida dastlabki javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. «Kamp Nou»da o‘tkazilgan uchrashuvda «Barselona» «Atletiko»ni qabul qildi. Bu bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 1-bo‘limi yakunlayotganda «Atletiko» darvozaboni jarima maydoni chizig‘idan tepilgan to‘pni to‘g‘ri Luis Suares oyog‘i ostiga qaytardi, u esa bo‘sh darvozaga to‘pni yo‘llashda adashmadi. 57-daqiqada Serxi Roberto qo‘pol o‘yini uchun ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.
2-bo‘lim o‘rtalarida hakam tarkiblarni tenglashtirdi: «Atletiko» vakili Yannik Ferreyra-Karrasko raqibining oyog‘iga zarba berib, uni yiqitdi va ikkinchi sariq kartochkasini oldi. 80-daqiqada Xerard Pike o‘z jarima maydonida Kevin Gameyroga qo‘pollik ishlatdi va 11-metrlik jarima to‘piga sababchi bo‘ldi. Jarima zarbasini jabrdiydaning o‘zi amalga oshirdi, biroq to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
83-daqiqada Gameyro o‘z xatosini to‘g‘irladi, u Antuan Grizmanning jarima maydoni tashqarisidan oshirgan uzatmasidan keyin to‘pni to‘g‘ri raqib darvozasiga joyladi. O‘yin yakunlanishi arafasida Suares raqibidan o‘zib ketmoqchi bo‘lib, tirsagi bilan uning boshiga tegdi va ikkinchi sariq kartochka olib, maydonni tark etdi.
O‘yinda 1:1 hisobi saqlanib qoldi va Madridda kechgan birinchi uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qilgan kataloniyaliklar jamoasi ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi.
Luis Enrikening finaldagi raqibi «Alaves» va «Selta» juftligi g‘olibi bo‘ladi. Bu jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda hisob ochilmagan - 0:0.
Ispaniya kubogi, yarim final, javob o‘yini
Barselona – Atletiko 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 43 Suares, 1:1 – 83 Gameyro.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Denis Suares (Maskerano, 62), Serji Roberto, Andre Gomesh, Rakitich (Inesta, 72), Turan (Buskets, 70), Messi, Luis Suares.
Atletiko – Moyya, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin (Lyuka Ernandes, 49), Saul, Koke, Gaytan (Korrea, 48), Ferreyra Karrasko, Grizmann, Torres (Gameyro, 61).
Ogohlantirishlar: Serji Roberto (19), Ferreyra Karrasko (36), Rakitich (66), Sillessen (76), Savich (76), Suares (87), Filipe Luis (90), Buskets (90).
Chetlatishlar: Serji Roberto (57), Ferreyra Karrasko (69), Luis Suares (90).
Mavzuga oid
12:34 / 04.02.2026
«Arsenal» finalga chiqdi, «Albasete» «Barsa»ga ham muammo tug‘dirdi. Kun o‘yinlari
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
14:12 / 28.01.2026
YeChLda so‘nggi tur: kimga qanday natija kerak?
17:16 / 22.01.2026