«Arsenal» – «Atletiko» 1:0
Gol: Saka, 45 (1:0)
«Arsenal»: Rayya, Saliba, Gabriel Magalyayns, Kalafori (Inkapiye, 58), Uayt, Rays, Lyuis-Skelli (Subimendi, 74), Eze (Edegor, 58), Trossar (Martinelli, 83), Saka (Madueke, 58), Yokereş
«Atletiko»: Oblak, Gansko, Le Norman (Molina, 57), Rudjyeri, Pubil, Koke, Liorente, Lukman (Kardozo, 57), Simeone (Syorlot, 57), Grizmann (Baena, 66), Alvares (Almada, 66)
Ogohlantirişlar: Arrisabalaga, 90 – Pubil, 81. Koke, 90

Mavsum arafasida «Arsenal» yoki «Atletiko» Çempionlar ligasi yarimfinalida öynaşini deyarli heç kim tasavvur qila olmasdi. Ammo vaziyat şuni taqozo qildiki, ikki jamoa yarimfinalgaça yetib keldi va ulardan biri finalda öynaydigan böldi. Madridda bölib ötgan birinçi öyindagi durangdan keyin «Arsenal» favorit deb hisoblanayotgandi va amalda ham şunday bölib çiqdi va Arteta şogirdlari boş sovrin uçun kuraşni davom ettiradigan böldi.

APLning ötgan turida «Fulhem»ga qarşi öyinda çap qanot himoyaçisi Lyuis-Skelli yarimhimoyada tuşirilişini köpçilik «Atletiko»ga qarşi muhim öyin oldidan asosiy tarkib futbolçisi Martin Subimendiga dam berilgani bilan boğlagandi. Ammo yoş ingliz futbolçisi öşa öyinda şu qadar yorqin öyin körsatdiki, Arteta bu tajribani davom ettirişga qaror qildi. Şuningdek, jarohatidan tuzalib safga qaytgan Saka va Kalafiori yana boşlanğiç tarkibdan örin oldi.

Şuningdek, köpçilik madridliklar himoyadan öynaşini taxmin qilgandi. Amalda esa har ikki jamoa ham ilk daqiqalardan yuqori çiziqda pressing uyuştirdi. Natijada londonliklar yarimhimoyaçisi Rays köpinça mezbonlar son jihatdan ustunlikka erişişi uçun orqaga qaytişiga töğri keldi.

Öyindagi ilk xavfli vaziyatlar ham mehmonlarda yuzaga keldi, ammo 8-daqiqada qarşi hujumda yuzaga kelgan vaziyatdan Alvares foydalana olmadi. Keyingi vaziyatda esa Juliano Grizmanning uzatmasini golga aylantira olmadi.

Birinçi bölimning ikkinçi yarmidan taşabbus mezbonlar qöliga öta boşladi. Madridliklar esa töpni topşirişdi va köpçilik bölib himoyalanişga ötdi. Öz-özidan «Arsenal»da ham golli vaziyat yuzaga keldi. Avvaliga Lyuis-Skelli va Bukayo Saka xavfli zarbalar yölladi.

Bölim golsiz yakunlanişiga qarab ketayotganida esa mehmonlar darvozaboni Oblak yöq joydan muammo yaratdi. 45-daqiqada Uayt öng qanotdan himoyaçilar oralatib uzun uzatma berdi, töpga esa Yokereş darvozabondan oldinroq yetib bordi va jarima maydoni markaziga uzatma oşirdi, u yerda turgan himoyaçi töpni uzoqlaştira olmadi va töp Trossarga yetib bordi. Belgiyalik vinger esa raqiblar qurşovida turganiga qaramay kuçli zarba berdi, bu vaqtda öz joyiga qaytişga ulgurgan slovakiyalik posbon töpni tösdi, ammo qaytgan töpga birinçi bölib Saka yetib keldi va aniq harakat qildi – 1:0.