Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada dunyodagi ilk gadjyet-restoran ochiladi
Fevral oyining oxirida Moskva shahrida dunyodagi birinchi gadjyet-restoran ochiladi.
Gadget Studio Tverskiy ko‘chasida ochiladi. Muassasaga kelgan mehmonlarga menyu planshetlarda taqdim etiladi. Shuningdek mijozlar bepul Wi-Fi va har qanday gadjyetga to‘g‘ri keluvchi simsiz zaryad qurilmalari bilan ta'minlanadi.
Bundan tashqari, restoran Apple yangi mahsulotlari hamda yuqori texnologiyalarga bag‘ishlangan boshqa taqdimotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qiladi.
Gadget Studio ikki qavatli bo‘ladi: birinchi qavatida - ma'ruzalar va kovoring zonalari, ikkinchi qavatda esa - restoran, bar.
"Xipsterlar, dizaynerlar va boshqa shu kabilar uchun restoranlar bor, texnologiya ixlosmandlari uchun esa hanuz hech nima o‘ylab topilmagan. Men yangi ayfon taqdimotini xuddi boshqalar futbol tomosha qilgandek ko‘rmoqchiman: barda, tushunarli tarjima bilan", - deya izoh berdi loyiha asoschisi Nikolay Turubar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, restoran menyusida «Ko‘k o‘lim ekrani», «Tsukerberg» va «Dialap» kabi kokteyllar tortiq etiladi.
Loyiha saytida ta'kidlanishicha, restoran rivojida istagan kishi ishtirok etishi mumkin, buning uchun muayyan summadagi pullar sarmoya qilinsa bas. Minimal sarmoya 30 ming rublni tashkil qiladi. Gadget Studio yaratuvchilari loyihani amalga oshirish uchun hozircha million dollardan ziyod pul sarflashgan.
Kelgusida Sankt-Peterburg va Qozonda ham shunday muassasa ochish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:12 / 01.07.2026