Mahkama materiallariga köra, iş böyiça jami 12 nafar şaxs javobgarlikka tortilgan. Ularning aksariyati qölga olingan paytda voyaga yetmagan bölgan. Iş Rossiya Içki işlar vazirligi talabiga binoan yopiq tartibda körib çiqilgan. Bunga terrorçilik taşkiloti tomonidan ehtimoliy provokatsiyalar yuz berişi mumkinligi sabab qilib körsatilgan.

Ayblanuvçilarga terrorçilik taşkilotini tuziş va unda iştirok etiş, bosqinçilik, bezorilik, ekstremistik faoliyatga ommaviy çaqiriq qiliş, milliy adovat va nafrat qözğatiş kabi bir qator jinoyatlar yuklangan.

Sud qaroriga köra, Mixail Balaşov va Yegor Savelev Margarita Simonyanga suiqasd tayyorlaşda aybdor deb topilgan. Balaşov 20 yil, Savelev esa 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Qolgan ayblanuvçilarga, jumladan voyaga yetmaganlarga ham, 6 yildan 18 yilgaça qamoq jazosi tayinlangan.

«Mediazona» naşrining yozişiça, Balaşov va Savelev qölga olingaç, ularga nisbatan qiynoqlar qöllangan bölişi mumkinligi haqida ma’lumotlar berilgan. Bu da’volar böyiça rasmiy idoralar tomonidan tasdiqlangan ma’lumot mavjud emas.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati 2023 yil yozida Margarita Simonyan va jurnalist Kseniya Sobçakka qarşi suiqasd rejasi bartaraf etilganini ma’lum qilgan edi. Idoraning ta’kidlaşiça, bu reja Ukraina Xavfsizlik xizmati topşiriği bilan tayyorlangan. Keyinçalik e’lon qilingan tergov materiallarida Kseniya Sobçakning ismi işdan çiqarilgan.

Tergov versiyasiga köra, Mixail Balaşov 2022 yil aprel oyida «Paragraf 88» nomli guruhni taşkil etgan bölib, u NS/WP taşkilotining mahalliy böğini sifatida faoliyat yuritgan. Ayblov tomonining bildirişiça, Balaşov millatçilik va milliy-sotsialistik qaraşlarni qöllab-quvvatlagan tanişlarini uşbu guruhga jalb qilgan.

Şuningdek, tergov ma’lumotlariga köra, 2022 yil kuzidan 2023 yil yozigaça «Paragraf 88» a’zolari Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlarga qarşi kamida oltita hujum uyuştirgan. Aytilişiça, ular jabrlanuvçilarni şafqatsizlarça kaltaklab, hujumlar tasvirlangan videolarni internet tarmoqlarida tarqatgan.