Jahon | 18:45 / 09.02.2017
6924
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh: Suriyadagi reyd davomida Bin Lodinning ittifoqdoshi o‘ldirildi

Foto: AFP

AQSh qurolli kuchlari Suriyadagi bombardimon vaqtida Al-Qoida terrorchi tashkilotining 11 nafar a'zosi, shu jumladan "veteran"ning o‘ldirilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqida GulfNews'da xabar berildi

Pentagon 3-4 fevral kunlari Idlib yaqinida amalga oshirilgan aviazarbalar natijasida Al-Qoida veteranlaridan biri Abu Xaniy Al-Masriyning ham halok bo‘lganini ma'lum qildi. 

Al-Masriy 1980-1990-yillardan buyon Al-Qoida tashkiloti safida guruhlarning o‘quv mashg‘ulotlarini nazorat qilgan va tashkilot asoschisi Usoma bin Lodin hamda hozirgi yetakchi Ayman Az-Zavaxiriy bilan ishlagan. 

Pentagon bayonotida ta'kidlanishicha, "u keyinchalik butun dunyo bo‘ylab tarqalgan minglab terrorchilarni qabul qilgan, ularga turli g‘oyalarni singdirgan, o‘rgatgan va qurol bilan ta'minlagan".

AQShning Suriyadagi hujumlari asosan IShIDga qaratilgan, biroq so‘nggi oylarda Amerika Al-Qoidaga qarshi hujumlarini ham kuchaytirgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid