Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guardian: WikiLeaks asoschisi Ekvador elchixonasidagi boshpanadan mahrum bo‘lishi mumkin
Ekvador prezidentligiga nomzodlardan biri, "KReO harakati" muxolif partiyasi vakili Gilermo Lasso saylovlarda g‘olib bo‘lsa, Wikileaks sayti asoschisi Julian Assanjga mamlakatning Londondagi elchixonasida boshpana berilishi qarorini qayta ko‘rib chiqishga va'da berdi. Siyosatchi bu haqda Britaniyaning The Guardian nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Ekvador xalqi to‘lashi kerak bo‘lmagan haqni to‘ladi. Men lavozimga kirishganimdan keyin biz janob Assanjdan elchixonani 30 kun ichida tark etishini so‘rab qolamiz", deb aytgan Lasso.
Assanj 2012 yil iyunda Shvetsiyaga topshirilishidan xavfsirab, Ekvadorning elchixonasidan boshpana berishni so‘ragan. U Shvetsiyada jinsiy xarakterdagi jinoyatlarda gumon qilinmoqda. WikiLeaks unga qo‘yilayotgan barcha ayblovlarni inkor qilib, ularni siyosiylashtirilgan deb atamoqda. Shvetsiya esa uni AQShga topshirishi mumkin. Avstraliyalik u yerda AQSh Davlat departamentining maxfiy hujjatlarini chop etgani uchun 35 yilga qamoq yoki o‘lim jazosiga tortilishi mumkin.
Ekvadorda prezidentlik saylovlari 19 fevralda bo‘lib o‘tadi. Ijtimoiy so‘rovnomalarning ko‘rsatishicha, saylovlarda g‘alaba qilishga mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Lenin Moreno eng ko‘p imkoniyatga ega. Lasso esa bu borada 2-o‘rinni egallamoqda va saylovlarning 2-bosqichiga chiqishga barcha imkoniyatlarga ega.
Ekvadordagi saylovlarda nomzodlar 1-bosqichda yutishlari uchun 50 foizdan ko‘proq yoki eng yaqin taqib qiluvchi nomzoddan kamida 10 foizga farq bilan 40 foizdan ko‘proq ovoz yig‘ishlari lozim.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
13:35 / 14.04.2025