Jamiyat | 20:31 / 09.02.2017
11499
4 daqiqa o‘qiladi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, talaba bo‘lganlarga «Kamolot»dan moddiy yordam ko‘rsatish qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar mavzusida uchrashuv o‘tkazildi

7-9 fevral kunlari «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tomonidan oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda yo‘nalish sardorlari uchun Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida «Qishki faollar maktabi» loyihasi tashkil etildi. Unda respublika bo‘ylab jami 92 nafar boshlang‘ich tashkilot yetakchilari, sardorlari hamda Harakatning hududiy Kengashlarining Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudirlari ishtirok etdi.

O‘quv-seminar doirasida «Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish», «Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy yordamga tavsiya etish Qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda talabalarni moddiy yordamga tavsiya etish ishlarini amalga oshirish tartibi», «Boshlang‘ich tashkilotning ijtimoiy-siyosiy, sport, iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishlaridagi loyihalarni amalga oshirish» kabi mavzularda o‘quv-seminar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shu bilan birga o‘quv-seminar ishtirokchilari TIMI «Kamolot» YoIH boshlang‘ich tashkilotida yaratilgan sharoitlar va hujjatlarni yuritish tartibi bilan tanishdi.

O‘quv-seminarning ikkinchi kunida yetakchilar faoliyatini takomillashtirish, ularga yaqindan ko‘mak berish maqsadida Oliy ta'lim muassasalari Boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilarining Kengashi tashkile etildi va faoliyati namunali yetakchilar Kengash a'zoligiga saylandi.

O‘quv-seminar yakunida o‘tilgan mashg‘ulotlar yuzasidan ishtirokchilar test sinovlaridan o‘tkazildi hamda ularga sertifikat topshirildi.

O‘tgan yilning noyabrida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati matbuot xizmati oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qiyotgan talabalarga moddiy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2016 yil 26 sentabrdagi 73, 4-2016-son qaroriga muvofiq amalga oshishi haqida ma'lum qilgandi.

Unga ko‘ra, 2017 yilning 1 fevraliga qadar oliy o‘quv yurti yuqoridagi shartlarga javob beradigan talabalar ro‘yxatini «Kamolot»ga taqdim etadi. Bunda talabaning o‘zlashtirishi va intizomi alohida inobatga olinadi.

Qayd etish kerak, talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71 foizdan past bo‘lmasligi lozim. Buni aniqlash uchun talabaning barcha fanlardan to‘plagan umumiy ballari, shu fanlar soniga bo‘linadi.

Mana shu shartlarga javob bera olgan talaba 20 fevralga qadar moddiy yordam olishi to‘g‘risida «Kamolot»ga ariza beradi. Harakat esa 1—5 mart sanalari oralig‘ida arizalarni o‘rganib chiqib, qaror qabul qiladi. Shundan so‘ng 10 bank kuni davomida oliy o‘quv yurti hisob raqamiga moddiy yordam pulini o‘tkazadi.

Bordi-yu, talaba moddiy yordam olish huquqidan voz kechsa, oliy o‘quv yurti 10 kun ichida mablag‘ni «Kamolot»ning o‘ziga qaytarib beradi.

«Kamolot» talab qilayotgan shartlarning to‘liq ko‘rinishi bilan mana shu havola orqali tanishish mumkin.

Mavzuga oid